O'zbekiston

O‘zbekistonda “Biznesga litsenziyasiz kirish” rejimi joriy etilmoqda

Bu bo‘yicha Prezident Farmoni qabul qilindi.

O‘zbekistonda “Biznesga litsenziyasiz kirish” rejimi joriy etilmoqda

“Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

 

Farmonga ko‘ra, 2024 yil 1 martdan litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning 22 turi bekor qilinadi.

 

Shuningdek, 2024 yil 1 martdan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxslarga qo‘llanilgan jarima summasi miqdorining 50 foizi 15 kun ichida, 70 foizi 30 kun ichida ixtiyoriy ravishda to‘langanda, huquqbuzar jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod etiladi.

 

Litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish jarayonida video aloqa vositalari yordamida talabgorlarning litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar talab va shartlariga muvofiqligini masofadan turib baholash tartibi joriy etiladi.

 

Tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda uning pochta manzili sifatida muassisning turar joyini ko‘rsatishga ruxsat beriladi.

 

Turoperatorlar uchun favqulodda holatlar yuzaga kelganda xavfni majburiy sug‘urta qilish tartibini joriy qilish orqali “chiqish turizmi” yo‘nalishi bo‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish uchun 15 ming AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘larni Xavfsiz turizm jamg‘armasiga zaxira qilib qo‘yish bekor qilinadi.

 

2024 yil 1 martdan 2025 yil 1 yanvargacha huquqiy eksperiment tariqasida rentgen uskunasidan foydalanish va veterinariya laboratoriya-diagnostika ishlarini amalga oshirish faoliyatlarini boshlash uchun uch oygacha o‘tish va moslashish davrini belgilaydigan “Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimi joriy etiladi.

custom img

Qashqadaryoda 856 nafar talabaning kontrakti to'lab beriladi

Ushbu maqsad uchun jami 3,78 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.

custom img

Navoiyda 340 mln so‘mlik oltin savdosiga chek qo‘yildi

212,9 gramm oltinni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar xaridordan 20 ming AQSH dollari va 100 mln so‘m olayotganida qo‘lga olindi.

custom img

Qashqadaryoda haydovchi YPX mashinasini urib, qochishga urindi

Haydovchi ikki chorrahada YPX xodimlarining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, harakatini davom ettirgan.

custom img

“Aybimiz bo‘lsa, uzrimizni so‘raymiz” — Chinoz hokimi

Chinoz tumani hokimi Sherzod Solihov “Sharmandali mahalla” va “Uyatli xonadon” yozuvlari aks etgan video yuzasidan izoh berdi.

custom img

Toshkent aeroportida yo'lovchilar bagajidan vino shishalariga yashirilgan qariyb 7 kg mefedron aniqlandi

Yo‘lovchilar Bangkokdan kelayotgan bo‘lgan.

custom img

Fermer xo‘jaliklarining buxgalteriya hisobini yuritish tartibi belgilandi

Unga ko‘ra, “Soliq-servis” AJning hududiy bo‘limlari ayrim fermer xo‘jaliklariga buxgalteriya va hisobot xizmatlarini bepul ko‘rsatadi.

custom img

Ehtiyojmand oilalarga “svet” va gaz uchun 6 oyda 92,1 mlrd so‘m kompensatsiya to‘landi

Bunda bazaviy me’yor doirasidagi tarif bilan undan oshgan qism uchun belgilangan narx o‘rtasidagi farq qoplab beriladi.

custom img

Sharbat qutisiga yashirilgan 3,15 kg narkotik moddalar topildi

Giyohvandlik vositalari 20 ta o‘ramda bolalar sharbat qutisi ichiga yashirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"