O'zbekiston

Hafta kunlarini juft va toq raqamli avtomobillarga bo‘lish masalasi ko‘rib chiqiladi

Bosh prokuratura va Ekologiya vazirligi mutaxassislar ishtirokida Toshkent havosining ifloslanishi masalasini ko‘rib chiqdi.

Hafta kunlarini juft va toq raqamli avtomobillarga bo‘lish masalasi ko‘rib chiqiladi

Bosh prokuratura hamda Ekologiya, atrof-muhitini muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamkorligida mutaxassislar ishtirokida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan Toshkent shahrida atmosfera havosining ifloslanishi haqidagi xabarlar va ularga sabab bo‘layotgan holatlarning muhokamasi o‘tkazildi.

 

Unda Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i O‘.O‘tayev ishtirok etib, Prezidentimiz tashabbuslari bilan mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida 85 mln. tupdan ortiq daraxt ekilganligi, Orol dengizining qurigan tubida 1,8 million gektar maydonda yoki birgina Surxondaryoda qurg‘oqchilikka chidamli 3 mln. tup o‘simliklardan iborat yashil hududlar barpo etilganligi aytib o‘tildi. 

 

Shuningdek,  ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan Toshkent shahrida atmosfera havosining ifloslanishi haqidagi maʼlumotlar va ularning sabablariga to‘xtalib, shaharida sunʼiy ko‘llar, suv havzalari, yashil qoplamalarning kamayib ketganligi, mintaqada suv tanqisligi sabab cho‘llashishning kengayib borayotganligi, avtotransport vositalari, yoqilg‘i energetikasi hamda suvdan tejamkorlik bilan  foydalanishda muayyan qonunbuzilish holatlariga chek qo‘yilmayotganligi, atmosferaga meʼyoridan ortiq tashlamalar tashlanayotganligiga urg‘u berdi.

 

Yig‘ilish yakuni bo‘yicha Atmosfera havosini “Avtomobilsiz kun”, hafta kunlarini juft va toq raqamli avtomobillarga bo‘lish, jamoat transport vositalaridan foydalanishni kengaytirish, standart minimumini “Yevro-4”ga ko‘tarish, sanoatda ko‘mir yoqilg‘isidan voz kechish va shu kabi ko‘plab takliflarni ishlab chiqish va realizatsiya qilishga kelishildi. 

 

Maʼlumot o‘rnida, O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati agentligi havo ifloslanishini avtomatik usulda monitoring qilishga mo‘ljallangan zamonaviy HORIBA stansiyalari bilan taʼminlangan bo‘lib, havo ifloslanishi bo‘yicha rasmiy maʼlumotlarni eʼlon qilib boradi. Havo ifloslanishi bo‘yicha maʼlumotlar bilan ishlashda rasmiy manbaalardan foydalangan holda norasmiy manbaalarga tayanmaslik tavsiya etiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi

Hujjat 4 bob va 34 moddadan iborat bo‘lib, unda Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilangan.

custom img

Samarqand hududiy elektr tarmoqlarini turkiyalik investorlar boshqaradi

O‘zbekistonda ilk bor taqsimlash elektr tarmoqlarini investitsiya kiritish sharti bilan xususiy sektor boshqaruviga berish Samarqand viloyatida yo‘lga qo‘yiladi.

custom img

Ruslanbek Davletov yangi lavozimga tayinlandi

Davletov bunga qadar Prezidentning vakillik organlari, NNTlar va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlagan.

custom img

Namanganda IIO xodimiga 3 ming dollar pora berayotgan fuqaro ushlandi

Fuqaro o‘ziga nisbatan to‘plangan hujjatlarni tergovga yubormaslik va bloklangan mablag‘larni chiqarib berish evaziga xodimga pora taklif qilgan.

custom img

Suriyadagi jangarilarga qo‘shilmoqchi shaxs 10 yilga qamaldi

Janubiy Koreyada o‘qish davrida terroristik tashkilotlar ta’siriga tushgan fuqaro internet orqali ularning materiallarini tarqatgan, pul mablag‘lari yuborgan va keyinchalik jangarilar safiga qo‘shilishga uringan.

custom img

Ruslanbek Davletov Prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

Davletovning o‘rniga Olim Davlatovich Davlatov Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

custom img

Qarzi bo‘lmagan 3600 ta xonadonga soliq qarzdorligi hisoblandimi?

Toshkentda ayrim xonadonlar uchun yer solig‘i qayta hisoblanganiga izoh berildi.

custom img

"Madaniyatchilar nima qilsa hamma ergashadi-ku, daraxt ekishni moda qilishsin" — Rasul Kusherboyev

Rasul Kusherboyev daraxt ekishni tug‘ilgan kun va farzandli bo‘lish kabi muhim sanalar bilan bog‘lab, uni yaxshi an’anaga aylantirishni taklif qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"