O'zbekiston

Salkam 2 milliard so‘mlik olmoslarni olib kirishga uringanlar to‘xtatib qolindi

Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi maʼlum qildi.

Salkam 2 milliard so‘mlik olmoslarni olib kirishga uringanlar to‘xtatib qolindi

 

Bojxonachilar Toshkent xalqaro aeroportida 1,8 milliard so‘mlik olmoslarni olib kirishga uringan shaxslarni to‘xtatib qoldi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Toshkent xalqaro aeroportida Dehlidan uchib kelgan yo‘lovchining paltosi cho‘ntagidan 281 qirot hajmdagi olmos qimmatbaho toshlari topilgan.

 

Toshkent xalqaro aeroporti chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan fosh qilingan mazkur holatda yo‘lovchi bojxona nazoratiga taqdim etmagan olmoslarning umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 873 million so‘mdan oshmoqda.

 

Hindistondan uchib kelgan yana bir yo‘lovchining bagajini ko‘zdan kechirish davomida ushbu xorijiy fuqaro ham 57 dona turli o‘lchamdagi olmos toshlarini yashirincha olib kirishga uringani fosh bo‘lgan.

 

Bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan qimmatbaho toshlarning qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 942 million so‘mdan oshmoqda.

 

Maʼlumot uchun, respublika bojxonachilari 2023 yilda aniqlangan 394 ta bojxona qonunbuzilishi holatlarida 32,4 milliard so‘mlik 163 kilogramm zargarlik buyumlari, shu jumladan, qimmatbaho toshlarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tilishining oldini olgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"