Samarqanddagi bog‘da yong‘in yuz berdi
Hozirda holat bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Kecha, 13-yanvar kuni Samarqand viloyatida joylashgan “Zarafshon” milliy tabiat bog‘ining “Olmazor” mahallasi hududida joylashgan qismida yong‘in chiqdi.
Holat bo‘yicha yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb etilib, yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar aniqlanmagan.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 120,7 mln so‘mni tashkil etadi.
Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.







