O'zbekiston

Bugun O‘zbekistonda qor yog‘ishi kutilyapti

Harorat 15 darajagacha sovuq bo‘lishi mumkin.

Bugun O‘zbekistonda qor yog‘ishi kutilyapti

Bugun, 15-yanvar kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi va kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.  

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, cho‘l hududlarida kechasi 5-10 daraja sovuq bo‘ladi.  

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, baʼzi tumanlarda qorga aylanishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.  

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.  

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

 

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi  va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.  

custom img

O‘zbekistonda davlat tashkilotlari serverlariga kiberhujum uyushtirilgani aniqlandi

UzCERT hujumlar oqibatida ayrim tizimlardagi ma’lumotlar shifrlanganini ma’lum qilib, tashkilotlarni zudlik bilan kiberxavfsizlik choralarini kuchaytirishga chaqirdi.

custom img

Sirdaryoda Captiva va yuk mashinasi to‘qnashib, uch kishi halok bo‘ldi

Yuk mashinasi qayrilib olayotganda o‘zi bilan bir yo‘nalishdagi Captiva bilan to‘qnashgan.

custom img

Surxondaryoda fuqaroning uyi nega buzib tashlandi?

Denovda fuqaroning uyi ogohlantirishsiz buzilgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat MIB holatga oydinlik kiritdi.

custom img

Xivada “Qovun sayli – 2026” xalqaro festivali boshlandi

Ichan qal’a va “Arda Xiva” majmuasida o‘tayotgan tadbirda Xorazmning qovunchilik an’analari, milliy taomlar, hunarmandchilik, folklor, musiqa va gastronomik mahsulotlar namoyish etilmoqda.

custom img

Andijon viloyatida tongda zilzila bo‘ldi

Zilzila epitsentri Marhamat tumani bo‘lgan. U yerda yer silkinishi 2–3 ballni tashkil etgan.

custom img

Prezident “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” tanlovi g‘oliblarini tabrikladi

Tanlovning uch bosqichida 124 mingdan ziyod yosh ishtirok etib, yakunda 10 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha 120 nafar g‘olib va sovrindor aniqlandi.

custom img

O‘zbekistonda rieltorlik faoliyati qonun bilan tartibga solindi

Yangi tartibga ko‘ra, rieltorlar maxsus o‘qitish va malaka imtihonidan o‘tib, sertifikat olishi, tashkilotlar esa Yagona reyestrga kiritilishi kerak bo‘ladi.

custom img

Qashqadaryoda yangi qurilayotgan ko‘prik balkasi qulab tushdi

Montaj jarayonida kranning bir tomoni oldin ko‘tarilgani sabab balkaga ortiqcha yuk tushib, uning sinishiga olib kelgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"