O'zbekiston

Hafta boshida ob-havo qanday bo‘ladi?

O‘zbekiston bo‘yicha 2024 yil 15-19 yanvar kunlariga ob-havo prognozi taqdim etildi.

Hafta boshida ob-havo qanday bo‘ladi?


Bugun O‘zbekiston hududiga nam va nisbatan sovuq havo massalari kirib keldi, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tog‘li hududlarda qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Cho‘l hududlarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kunduzi 3 daraja sovuq va 2 daraja iliqni, shimolda 3-8 daraja sovuqni tashkil etadi.


Ertaga faqat respublikaning markaziy, sharqiy va tog‘li hududlarida yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi saqlanib turadi. O‘zbekistonning qolgan hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Ko‘pchilik hududlarda havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 2-7 daraja iliqni tashkil etadi, shimolda kechasi 8-13 d

 

araja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
15-16 yanvar kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. O‘zbekiston bo‘yicha ish haftasining oxirigacha quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati kechalari 3 daraja sovuq va 2 daraja iliqni tashkil etadi, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqqacha asta-sekin ko‘tarilishi kutilmoqda.


Poytaxtimizda 15 yanvar kuni vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 1 daraja sovuq, 1 daraja iliq bo‘ladi.


16 yanvarda vaqti-vaqti bilan biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 1-3 daraja sovuq, kunduzi 2-4 daraja iliq bo‘ladi.
17-18 yanvar kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Havo harorati 17 yanvarda kechasi 1-3 daraja sovuq, kunduzi 6-8 daraja iliq, 18 yanvarda kechasi 1 daraja sovuq va 1 daraja iliq atrofida, kunduzi 8-10 daraja iliq bo‘ladi.

custom img

O‘zbekistonda 29 trillion so‘mlik noqonuniy mablag‘larning chiqib ketishining oldi olindi

Kiberjinoyatlarga aloqador 18 838 ta bank kartasi bloklanib, 9 282 ta kiberjinoyat fosh etilgan.

custom img

Shveysariya va Germaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchilari tayinlandi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shveysariya va Germaniyaning mamlakatdagi yangi elchilari Simon Giger hamda Mattias Follertdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

custom img

Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Haftasiga 5 kun ishlovchilar ketma-ket to‘rt kun, 6 kun ishlovchilar esa ketma-ket uch kun dam oladi.

custom img

Qurilishdagi qo‘pol huquqbuzarliklar uchun har bir kvadrat metrga jarima solinishi mumkin

Noqonuniy qurilishda ishtirok etgan buyurtmachi, pudratchi va ayrim hollarda subpudratchilarga huquqbuzarlik aniqlangan vaqtgacha bajarilgan qurilish hajmi bo‘yicha moliyaviy sanksiya qo‘llanilishi mumkin.

custom img

“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi

Kichik va mikro GESlar qurilishiga xususiy sektorni keng jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

custom img

SSSRni tiklash g‘oyasini targ‘ib qilgan fuqaro 4 yilga qamaldi

Aziz Hakimov tuhmat, haqorat qilish va milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atishda aybdor deb topildi.

custom img

Ozodbek Nazarbekovga parlament so‘rovi yuborildi

So‘rov san’at maktablarida binolarning ta’mirtalabligi, jihozlar va pedagog kadrlar yetishmasligi kabi muammolar saqlanib qolayotgani sabab yuborildi.

custom img

O‘zagroinspeksiya: yarim yilda 131,1 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

Inspeksiya tomonidan 46 971 ta monitoring tadbiri o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida 39 132 ta ogohlantirish kiritilgan

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"