Jahon

Islandiyada vulqon otilishni boshladi

Kechasi hududda silkinishlar kuchaygan, hukumat aholining evakuatsiya qilinishini bildirgan.

Islandiyada vulqon otilishni boshladi

 

14-yanvar kuni Islandiyaning Grindavik shahri shimolida vulqon otishni boshladi. Bu haqda IMO milliy meteorologiya xizmati xabar berdi.  Kechasi hududda silkinishlar kuchaygan va mahalliy vaqt bilan soat 3:00 ga kelib hukumat aholining evakuatsiya qilinishini bildirgan.

 

Grindavik shimolida qurila boshlagan himoya to‘g‘onlarining ikki tomonida yoriqlar paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda IMO. Kuzatuv kameralari tungi vaqtda lava otilishini qayd etgan. 

 

Bu oxirgi ikki yil ichida Islandiyada beshinchi vulqon otilishidir. Grindavik mamlakatning janubi-g‘arbiy qismidagi Reykyanes yarimorolida joylashgan. Aholisi 4000 kishi bo‘lib, asosan baliqchilik bilan shug‘ullanadi. Aynan Grindavik hududida oxirgi qayd etilgan vulqon otilishi sodir bo‘lgan — 2023 yil 18 dekabrda. Undan oldin bir necha hafta davom etgan qator zilzilalar sodir bo‘lgan. 

 

O‘shanda Grindavik aholisi otilishdan bir necha hafta oldin evakuatsiya qilindi. Vaziyat barqarorlashganda, ularga vaqti-vaqti bilan qisqa muddatga uyiga qaytishga ruxsat berildi.

 

Islandiya orol davlati Shimoliy Atlantikada Yevrosiyo va Shimoliy Amerika tektonik plitalarini ajratib turadigan O‘rta Atlantika tizmasi deb ataladigan joyda joylashgan. Bu mamlakatda 30 dan ortiq faol vulqonlar mavjud, bu — Yevropaning boshqa joylaridan ko‘ra ko‘proq.

custom img

Pokiston Eron va AQSh o‘rtasidagi muzokaralarda sezilarli siljish bo‘lganini bildirdi

Tehronda o‘tkazilgan muzokaralarda mojaroning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik, Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochish va urushni yakunlash masalalari muhokama qilindi.

custom img

Ispaniya Seutadagi migratsiya inqirozi sabab Yevropa Ittifoqidan favqulodda mablag‘ so‘radi

Iyul oxirida Marokashdan 70 mingdan ortiq migrant Seutaga kirishga uringan, qurbonlar qayd etilgan.

custom img

Qozog‘istondagi yirik neftni qayta ishlash zavodida yong‘in chiqdi

Yong‘inni o‘chirishga 65 ga yaqin xodim va 19 ta texnika jalb qilingan.

custom img

Qozog‘istonda elektr skuterlarni piyodalar yo‘laklarida haydash taqiqlandi

Cheklovlar yo‘l-transport hodisalari sonining ortib borayotgani sabab joriy etilgan.

custom img

AQSh Eron bilan aloqador 60 dan ortiq tashkilot, shaxs va kemaga sanksiya joriy qildi

Vashingtonning maqsadi Eronni xalqaro miqyosda yanada yakkalash va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining moliyalashtirish manbalarini cheklashdan iborat.

custom img

Singapur oilalarga har bir farzand uchun 55 ming dollardan ortiq yordam beradi

Mamlakat tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida oilalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini kengaytirmoqda.

custom img

AQSh 200 minggacha vizalarni bekor qilishi mumkin

Viza bekor qilinishi uning egasi darhol AQShdan deportatsiya qilinishini anglatmaydi.

custom img

AQSh Suriyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan chiqardi

Endi ro‘yxatda Kuba, Eron va Shimoliy Koreya qolmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"