Sergelida do‘kon yonib ketdi
Alanga 11daqiqada o'chirildi.

15 yanvar kuni soat 14:56 da Sergeli tumani, Qanora ko‘chasida joylashgan, yengil konstruksiyadan qurilgan do‘konlarda yong‘in chiqganligi to‘g‘risida Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan 4 ta Yong‘in qutqaruv ekipajlari yong‘inga soat 15:01 da yetib borib, soat 15:05 da yong‘in to‘liq o‘rab olinib, soat 15:12 da batamom o‘chirildi.
Yong‘in natijasida hech kim tan jarohati olmagan.
Ayni vaqtda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarar miqdori o‘rganilmoqda.







