O'zbekiston

Toshkentda 2010-yilgacha ishlab chiqarilgan avtomobillarni haydash taqiqlanishi mumkin

Ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida poytaxtda avtomobillar uchun bir qator cheklovlar joriy etish taklif etildi.

Toshkentda 2010-yilgacha ishlab chiqarilgan avtomobillarni haydash taqiqlanishi mumkin

 

O‘zbekiston Ekologiya vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, Toshkent shahridagi havo ifloslanishiga daraxtlarning noqonuniy kesilishi, transport vositalaridan chiqadigan zararli gazlar, ko‘mir va mazut tutuni sabab bo‘lmoqda.

 

“Yirik shaharlar, jumladan, Toshkent shahrida atmosfera havosining ifloslanishi elektr va issiqlik energiyasi manbalari, avtomobillar chiqindilari hajmining oshishi bilan bog‘liq. Ularning salbiy taʼsirini kamaytirish uchun tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish zarur”, – deyiladi vazirlik maʼlumotida.

 

Shu munosabat bilan vakolatli organ Toshkent shahrida quyidagi cheklash choralarini joriy etishni taklif qiladi:

 

  • - “Yevro-4” standartiga to‘g‘ri kelmaydigan yoqilg‘idan foydalanishni taqiqlash (AI-80 markali yoqilg‘i);

  • - yuk mashinalarining harakatini cheklash (soat 07:00 dan 10:00 gacha va 17:00 dan 20:00 gacha);

  • - 2010 yilgacha ishlab chiqarilgan barcha transport vositalarining harakatlanishini taqiqlash. Elektromobillarga o‘tgan avtomobil egalariga chegirmalar, preferensiyalar va subsidiyalar berish;

  • - avtomobil yo‘llarida tirbandlikni kamaytirish va harakatni optimallashtirish amaliyoti sifatida “toq va juft” kunlarda transport vositalarini boshqarish qoidalarini joriy etish;

  • -shaharning markaziy ko‘chalarida avtomashinalarsiz zonalar tashkil etish;

  • - jamoat transportini muqobil yoqilg‘i turlariga, yaʼni elektr va gazga o‘zgartirish, tegishli infratuzilmani yaratish.
  •  

Shuningdek, korxonalar va issiqlik markazlarida ko‘mir va mazutdan foydalanishni taqiqlash tavsiya etiladi. Departament barcha turdagi obyektlarni (ijtimoiy va davlat ahamiyatiga molik obyektlar bundan mustasno) qurishga moratoriy eʼlon qilish, Toshkent shahri atrofida sunʼiy suv havzalari va yashil hudud yaratish, shuningdek, havo sifati ko‘rsatkichlarini o‘rnatish maqsadga muvofiq, deb hisoblaydi.

custom img

O‘zbekistonda telefon raqami orqali pul o‘tkazish tartibi belgilandi

Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar pul yuborishda oluvchining bank hisobvarag‘i yoki bank kartasi rekvizitlarini kiritishi shart bo‘lmaydi.

custom img

“Ushbu tashrif yana bir muhim sahifani ochdi”: Saida Mirziyoyeva Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi haqida

Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi haqida fikr bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi birodarlik munosabatlari va imzolangan Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomaning ahamiyatini qayd etdi.

custom img

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami arafasida 163 ta yangi obyekt foydalanishga topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida hududlarda yangi obyektlarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

custom img

Toshkentdagi ayrim tashkilotlarda ish vaqtini 8:00 dan boshlash taklif qilinmoqda

Taklifga ko‘ra, ish kunining umumiy davomiyligi o‘zgarmaydi. Xodimlar ishni bir soat ertaroq boshlaydi va shunga mos ravishda bir soat ertaroq yakunlaydi.

custom img

Qozog‘istonda YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlari Vatanga olib kelindi

Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rdi.

custom img

O‘zbekistonda talabalar uchun “Dolzarb qirq kunlik” boshlandi

Mazkur davr davomida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib kutib olish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

custom img

Andijonda umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi jahon mediasiga buyuk merosning yangi tayanch nuqtasi sifatida taqdim etildi

Qariyb 50 davlatdan 300 nafarga yaqin media va ekspertlar ishtirokidagi forumda Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro media salohiyati hamda buyuk merosni zamonaviy multimedia formatlarida yoritish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"