O'zbekiston

Prezident ichki turizmni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Endi respublikada 12 ta turizm markazlari tashkil etiladi.

Prezident ichki turizmni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev xorijiy turistlar oqimini oshirish hamda ichki turizmni faollashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi.

 

O‘zbekistonda tarixiy, madaniy va xushmanzara go‘shalar ko‘p. Ularda sharoit yaratilsa, sayyohlarni yana-da ko‘proq va yil davomida jalb qilish mumkin. Shu maqsadda Prezident topshirig‘iga asosan, turizm imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

 

Unga ko‘ra, sayyohlik salohiyati yuqori bo‘lgan 12 ta tuman va shaharda turizm markazlari tashkil etish ko‘zda tutilmoqda. Bunday markazlarda tunu kun ishlaydigan restoran, kafe, sog‘lomlashtirish va basseyn xizmatlari bo‘ladi.

 

“Zomin”, “Chimyon” va “Amirsoy” kabi kurort zonalari hamda ko‘ngilochar majmualarda xalqaro brendlar, milliy ipak matolari, suvenir, zargarlik mahsulotlari va oltin quymalar do‘konlari tashkil etiladi. Buning uchun 2027 yil 1 yanvargacha turizm markazlaridagi tadbirkorlarning yer va mol-mulk solig‘ini belgilangan miqdordan 90 foizga kamaytirish, 2026 yil 1 martgacha zargarlik va oltin mahsulotlari uchun kerak bo‘ladigan asbob-uskunalar va texnologiyalarni bojxona bojidan ozod qilish taklif etilmoqda.

 

Shuningdek, joriy yildan boshlab, “O‘zbekistonda yana bir kun sayohat” dasturi amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, viloyatlararo turizm obyektlarini o‘zaro bog‘lovchi “respublika turizm halqalari” hamda tuman va shaharlar o‘rtasida “hududiy turizm halqalari” tashkil etiladi. Turizm qo‘mitasi tomonidan Turistik yo‘nalishlarning yagona reyestri yuritiladi.

 

“To‘rt faslning har birida sayohat” dasturi amalga oshiriladi. Masalan, bahor va kuz fasllarida ekologik, ekstremal, tibbiy va sog‘lomlashtirish, yozda suv havzalari va oromgohlar, qishda ekstremal turizm va tog‘-chang‘i zonalarining imkoniyatlari targ‘ib qilinadi. Mazkur turizm mavsumlarining ochilishi uchun festivallar tashkil etiladi.

 

Har ikki yilda may oyida mukofot jamg‘armasi 2 million dollar bo‘lgan Xalqaro “O‘zbekiston ipak matolari” moda haftaligi o‘tkaziladi.

 

Mamlakatning turizm salohiyatini chet ellarda targ‘ib qilish uchun Turizm qo‘mitasining “turizm vakillari” instituti joriy etiladi.

 

Shuningdek, hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash, tibbiyot turizmini rivojlantirish, turizm taʼlimiga xalqaro tajribani joriy qilish choralari ko‘riladi.

 

Hududlarda kemping, o‘tov, ekouy va xostellar, mehmonxonalarda basseyn qurish uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi. Sohadagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mehmonxona va savdo majmualari, basseyn va akvaparklar uchun asbob-uskuna va jihozlar 2 yilga bojxona bojlari to‘lashdan ozod etiladi.

 

Davlat rahbari bu takliflarni maʼqullab, ekoturizmni yana-da keng rivojlantirish, nogironligi bo‘lgan shaxslar sayohati uchun ham zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

custom img

O‘zbekistonda ishsizlik va qashshoqlik darajasi 4,5 foizgacha pasaydi

Yilning birinchi yarmida 506 ming kishi doimiy ish bilan ta’minlandi.

custom img

Farg‘onada Lacetti yo‘l chetidagi ustun va daraxtga urilib, ag‘darildi

Haydovchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

custom img

“Milliy manfaatlarni himoya qilish, dunyodan yopilish degani emas” — Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida oʻtkazilayotgan “Islom sivilizatsiyasi: yangi dunyo, yangi tashabbuslar” xalqaro media forumida zamonaviy jurnalistika, sun’iy intellekt, so‘z erkinligi va milliy media masalalariga to‘xtaldi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 48,3 mlrd dollarga yetdi

Davlat qarzining 40,7 mlrd dollari tashqi, 7,6 mlrd dollari esa ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

Ta’lim krediti olish tartibi: kimlarga va qancha miqdorda beriladi?

Talabalar uchun ta’lim krediti olish tartibi va asosiy shartlar ma’lum qilindi.

custom img

Surxondaryoda 4 ayol bir ayolni samosud qildi

Janjalga yer masalasi sabab bo‘lgan.

custom img

O‘zbekistonda yangi pensionerlarning 61 foizi to‘liq ish stajiga ega emas

2010-yilda bu ko‘rsatkich 6 foizni tashkil qilgan.

custom img

Maktabgacha va maktab ta’limida o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi takomillashtiriladi

180 nafar pedagog o‘zbek tilini zamonaviy metodika asosida o‘qitish bo‘yicha seminarda ishtirok etmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"