O'zbekiston

O‘zA binosi YUNESKO Butunjahon merosining dastlabki ro‘yxatiga kiritiladi

Bu bo‘yicha ariza tayyorlangani maʼlum qilindi.

O‘zA binosi YUNESKO Butunjahon merosining dastlabki ro‘yxatiga kiritiladi

Ijtimoiy tarmoqda “Sharq” nashriyot-matbaa ijodiy uyining bino va inshootlari madaniy meros obyektlari ro‘yxatidan chiqarilgani, shu bois o‘zining avvalgi qiyofasini saqlab qolmasligi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan madaniy meros agentligi izoh berdi.

 

Qayd etilishicha, majmua 1914–1983 yillar mobaynida bunyod etilgan 14 ta bino va inshootdan iboratdir.

 

2023 yilning 14 oktyabrida Ishchi guruh mazkur obyektlarda tarixiy va madaniy ekspertizani o‘tkazdi.

 

Guruh tarkibi Madaniy meros agentligi vakillari, agentlik huzuridagi Ilmiy ekspert kengashi aʼzolari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda “Sharq nashriyoti matbaa korxonasi” aksiyadorlik jamiyati xodimlaridan iborat edi.

 

Ekspertiza natijalariga ko‘ra, ishchi guruh tomonidan bino va inshootlarning aksariyati to‘liq rekonstruksiyani taqozo etuvchi avariya holati, ayanchli ahvolda ekani to‘g‘risida tegishli xulosalar qilindi. Shuningdek, tarixiy va madaniy ahamiyatga molik binolar aniqlandi.

 

Shu bilan birga, Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga mulk majmuasining realizatsiya qilinishida “O‘zA binosi” (liter 0002) maʼmuriy binosining tarixiy meʼmoriy qiyofasini saqlab qolish zarurligi, kelgusida esa qurilish, taʼmirlash va rekonstruksiya ishlarini Madaniy meros agentligi bilan kelishilgan holda amalga oshirish vazifasi yuklatildi.

 

Shuningdek, Madaniy meros agentligi Toshkent shahridagi modernizm inshootlari, shu jumladan, O‘zA binosini YUNESKO Butunjahon merosining dastlabki ro‘yxatiga kiritish uchun arizani tayyorlagan.

 

O‘zbekiston Birinchi xonimi Iordaniyadagi “Uyqudagi yetti yosh g‘ori” tarixiy majmuasiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi Iordaniyadagi “Uyqudagi yetti yosh g‘ori” tarixiy majmuasiga tashrif buyurdi

Ushbu maskan Iordaniyada eng e’zozlanadigan tarixiy-diniy yodgorliklardan biri hisoblanib, islom ma’naviy merosida alohida o‘rin tutadi.

Ohangaronda mudhish YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Ohangaronda mudhish YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.

Iordaniya bilan iqtisodiy sheriklik: beshta sohada hamkorlik kengaytiriladi

Iordaniya bilan iqtisodiy sheriklik: beshta sohada hamkorlik kengaytiriladi

O‘zbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi ikki mamlakat biznes forumida ishtirok etdi.

O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

Davlat tashrifi doirasida jami 19 ta ikki tomonlama hujjat qabul qilindi va imzolandi.

Ziroat Mirziyoyeva Ammon shahridagi Jordan River Designs hunarmandchilik shourumiga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva Ammon shahridagi Jordan River Designs hunarmandchilik shourumiga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva bu kabi tashabbuslarning xotin-qizlar bandligi va milliy hunarmandchilikni rivojlantirishdagi ahamiyatini qayd etdi.

O‘zbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi muzokara o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi muzokara o‘tkazdi

Imtiyozli savdo bitimini imzolash, o‘zaro savdo hajmini kelgusida 500 million dollarga yetkazish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Taʼlim xarajatlari 19,6 foizga oshdi: eng ko‘p mablag‘ Toshkentda sarflangan

Taʼlim xarajatlari 19,6 foizga oshdi: eng ko‘p mablag‘ Toshkentda sarflangan

O‘zbekistonda 2026 yilning 9 oyida taʼlim xizmatlari hajmi 34,8 trillion so‘mga yetdi.

O‘quvchilar janjaliga aralashgan o‘qituvchi jazolandi: unga intizomiy jazo qo‘llandi

O‘quvchilar janjaliga aralashgan o‘qituvchi jazolandi: unga intizomiy jazo qo‘llandi

O‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan ham ma’muriy chora ko‘rish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilindi.