Sirdaryoda avtobus va Nexia to‘qnashib ketdi
Viloyat IIB holat bo‘yicha maʼlumot berdi.

Bugun, 30-yanvar kuni Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida avtobus va Nexia yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda viloyat IIB maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, holat xalqaro ahamiyatga Jizzax-Toshkent yo‘nalishida yuz bergan. ISUZU rusumli avtobus harakatlanib ketayotganda uning yo‘liga o‘ng tomondan Nexia chiqib to‘qnashib ketgan. Oqibatda avtobus ag‘darilgan, ikkala transport vositasining haydovchi va yo‘lovchilari ham tan jarohati olmagan.
Transport vositalari texnik shikastlangan. Hozirda holat bo‘yicha Xovos tumani IIB JXX YHXG tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







