Parijda o‘tkaziladigan yozgi Olimpiya o‘yinlari medallari namoyish qilindi
Ularda Fransiya va Parijning rasmiy ramzi — Eyfel aks ettiriladi.

Parijda o‘tkaziladigan yozgi Olimpiya o‘yinlari medallari namoyish qilindi. Ular o‘yinlarning eng orzu qilingan obyekti hamda Fransiya va Parijning rasmiy ramzi — Eyfel minorasini birlashtiradi. Har bir medal sohibiga medalning o‘rtasiga o‘rnatilgan Eyfel minorasining asl metalli bo‘lagi beriladi.
Eslatib o‘tamiz, shu kungacha o‘zbekistonlik sportchilar Parijdagi o‘yinlarga 17 ta yo‘llanma qo‘lga kiritgan. Ular orasida o‘tgan o‘yinlarda g‘olib chiqqan Ulug‘bek Rashitov, Bahodir Jalolov, Hasanboy Do‘smatov ham bor.







