O'zbekiston

Namanganda qog‘oz ishlab chiqaruvchi korxona davlatga 340 mln zarar yetkazdi

Korxona yashirin yo‘l bilan gazdan noqonuniy foydalangan.

Namanganda qog‘oz ishlab chiqaruvchi korxona davlatga 340 mln zarar yetkazdi

 

Namangan viloyatida qog‘oz ishlab chiqarish korxonasi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishi natijasida tizimga 340,8 mln so‘mlik zarar yetkazganligi aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Yangi Namangan tumanida joylashgan «V.S.QMCHJga qarashli qog‘oz ishlab chiqarish korxonasi yashirin yo‘l bilan tarmoqqa ulanishi orqali tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib kelgan.

 

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur MCHJ tomonidan davlat manfaatlariga jami 340 mln 800 ming so‘mlik (227 ming 200 metr kub) zarar yetkazilgan.

 

Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"