O'zbekiston

Polshaning Poznan shahrida O‘zbekiston faxriy konsullik ofisi ochiladi

Mamlakat elchisi Amirsaid Aʼzamxo‘jayev Varshava shahridagi Collegium Humanum universitetiga tashrif buyurdi va oliy taʼlim muassasasi rektori, O‘zbekistonning Polshadagi faxriy konsuli Pavel Charneskiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Polshaning Poznan shahrida O‘zbekiston faxriy konsullik ofisi ochiladi

 

“Dunyo” xabariga ko‘ra, tashrif avvalida rektor Varshavadagi bir vaqtning o‘zida 20 ming talaba o‘qishga mo‘ljallangan va eng zamonaviy o‘quv dasturlari bilan jihozlangan yangi universitet binosi bo‘ylab ekskursiya uyushtirdi.

 

Muloqot chog‘ida tomonlar mazkur universitet va uning Andijon viloyatidagi filialida o‘quv jarayonlarining tashkil etilishi, o‘zaro hamkorlikning keyingi shakl va mexanizmlari, shuningdek, faxriy konsulning 2023 yildagi faoliyati va 2024 yil uchun qo‘shma rejalari muhokama qilindi.

 

Universitet professor-akademik jamoasi O‘zbekiston oliy taʼlim muassasalari bilan ikki tomonlama diplom berish dasturi doirasida hamkorlik qilishga tayyorligini taʼkidlandi. 

 

2024 yilgi rejalar doirasida mart oyida Buyuk Polsha voyevodaligining Poznan shahrida O‘zbekiston faxriy konsulligini ochish to‘g‘risida kelishib olindi. Tantanali marosim Toshkent va Varshava o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 32 yilligini keng nishonlash tadbirlari doirasida o‘tkaziladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Polshaning Poznan shahrida O‘zbekiston faxriy konsullik ofisi ochiladi | Zamon.uz