O'zbekiston

Endi 1 yilda 2 tadan ortiq mashina sotganlar soliq to‘laydi

Bu bo‘yicha yangi tartib joriy etilishi mumkin.

Endi 1 yilda 2 tadan ortiq mashina sotganlar soliq to‘laydi

O‘zbekistonda yil davomida ikkitadan ortiq avtomobil sotgan jismoniy shaxslarni deklaratsiyalash tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu – Strategik islohotlar agentligining 13 fevral kungi davlat rahbariga qilgan taqdimotidan o‘rin olgan.

 

Qayd etilishicha, 2022 yilda 33 mingga yaqin fuqaro 3 va undan ortiq avtomobil xarid qilgan. Deklaratsiya tizimi chayqovchilikning oldini olishga va byudjetga qo‘shimcha 30 milliard so‘m tushirishga qaratilgan.

 

Shunga o‘xshash tartib uy-joy oldi-sotdisida amal qilib keladi. Unga ko‘ra, fuqaro xarid qilgan uyini 3 yil ichida sotsa, xarid qilgan va sotgan narxi o‘rtasidagi musbat farqdan 12 foizlik daromad solig‘i hisoblanadi.

 

Avvalroq UzAuto Motors olibsotarlarga qarshi kurashish maqsadida bir kishi yiliga bir xil rusumdagi ikkitadan ortiq avtomobil sotib olgan bo‘lsa, xaridorga avtomobil yetkazib berish muddatini 120 kungacha oshirgan edi. Bunday holda, har bir keyingi mashina navbatning oxiriga ko‘chiriladi.

 

O‘tgan yil oxirida hukumat qarori bilan yangi avtomobillarni sotish qoidalariga o‘zgartirishlar ham kiritilgandi. Shu asosda, UzAuto Motors mijoz bilan 12 oy ichida ikkitadan ortiq oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan bo‘lsa, u bilan avtomobil yetkazib berish bo‘yicha yangi shartnoma tuzishdan bosh tortish huquqiga ega bo‘ldi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi yirik qurilish obyektlarini ko‘zdan kechirdi

Prezident tashrif davomida Milliy pedagogika universiteti kampusi, Milliy kutubxona, "Yangi O‘zbekiston" universiteti va zamonaviy futbol stadioni qurilishi bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

custom img

O‘zbekistonda avgust quruq va issiq boshlanadi, oy oxirida salqin tushishi kutilmoqda

Oyning dastlabki kunlarida ayrim hududlarda havo harorati 43 darajagacha ko‘tarilishi, oy oxiriga borib esa 25–30 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

custom img

Suyultirilgan gaz yetkazib berishga xususiy sektor jalb etiladi

Tizim dastlab Andijon viloyatida joriy etiladi.

custom img

Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari 8 yilga qamaldi

U o‘zlashtirish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va hokimiyat harakatsizligida aybdor deb topilgan.

custom img

“Hududiy elektr tarmoqlari” rahbari ishdan olindi

Yangi energetika vaziri, “Hududiy elektr tarmoqlari”ning yangi rahbari hamda Energiya inspeksiyasining yangi boshlig‘i bugundan boshlab mutlaqo yangicha ish uslubini yo‘lga qo‘yishi lozimligi ta’kidlandi.

custom img

“Energetikadagi muammo mablag‘da emas, tizimni boshqarishda” —Shavkat Mirziyoyev

Davlat rahbari iyun–iyul oylarida 4 mingga yaqin avariya sodir bo‘lgani oqibatida aholi va tadbirkorlar 8–10 soatgacha elektrsiz qolganini qayd etdi.

custom img

Toshkentda soliq qarzi sabab qarzdorning mashinasi xatlandi

Shundan so‘ng qarzdor korxona soliq qarzini to‘lashga majbur bo‘lgan.

custom img

Qo‘qonda kreditini to‘lamagan ayol mashinasi xatlangach, qarzlarini bir kunda to‘liq bartaraf etdi

Maʼlum bo‘lishicha, uning bankdan 317 mln krediti bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"