Endi telefon ishlatilmagan maktablar pul mukofoti oladi
Zoyir Mirzayev bu bo‘yicha yangi tashabbusni ilgari surdi.

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev «Telefonsiz maktab» tashabbusini ilgari surmoqda.
Unga ko‘ra, endi o‘qituvchilari va o‘quvchilari telefon ishlatishdan voz kechgan maktabga 300 million so‘m pul mukofoti beriladi.
Bu haqda hokim maktab direktorlari bilan bo‘lgan uchrashuvi chog‘ida, taʼlim kengashi yig‘ilishida maʼlum qilgan.







