43 davlat Navalniy bo‘yicha xalqaro tergov o‘tkazilishini talab qilmoqda

Rossiya muxolifatchi siyosatchisi Aleksey Navalniy koloniyada vafot etgach, 40 dan ortiq davlat fojia holatlarini mustaqil tekshirishga chaqirdi.

43 davlat Navalniy bo‘yicha xalqaro tergov o‘tkazilishini talab qilmoqda

 

"Rossiya hukumati uning to‘satdan o‘limi yuzasidan mustaqil va shaffof xalqaro tergov o‘tkazish imkoniyatini taʼminlashi kerak", — dedi YEIning Jenevadagi xalqaro tashkilotlarda vakili Lotte Knudsen.

 

BMT Inson huquqlari kengashida so‘zlagan u Navalniyning o‘limi uchun asosiy javobgarlikni Rossiya rahbariyati zimmasiga yukladi:

 

"Rossiyadagi muxolifatchi siyosatchi Aleksey Navalniyning o‘limidan g‘azabdamiz, buning uchun asosiy masʼuliyat Rossiya rahbariyati zimmasiga tushadi", — dedi Knudsen 43 davlat, jumladan, Yevropa Ittifoqi, AQSH, Britaniya, Ukraina, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanada va Norvegiya nomidan gapirar ekan.

 

Diplomat so‘zlariga ko‘ra, Navalniyning kutilmagan va hayratlanarli o‘limi Rossiyada kuchaygan va tizimli repressiyalar yana bir belgisidir. U fuqarolik jamiyatining tizimli ravishda bostirilishi, shuningdek, Rossiyada va xorijda siyosiy muxolifat repressiya qilinishidan chuqur xavotir bildirdi. 

 

Navalniyning o‘limi — u qamoqda o‘tirgan vaqtida 27 marta jazo kamerasiga jo‘natilgan

 

Uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilingan Aleksey Navalniy 16 fevral kuni Yamal-Nenes avtonom okrugi Xarp qishlog‘idagi "Polyarniy volk" maxsus rejimli koloniyasida vafot etdi. Uning o‘limi haqidagi hisobotda aytilishicha, 47 yoshli siyosatchi "tabiiy sabablar" tufayli vafot etgan. FBK yaratuvchisining tarafdorlari u o‘ldirilgan deb hisoblayapti. Navalniy qamoqda o‘tirgan vaqtida 27 marta jazo kamerasiga jo‘natilgan. 

 

Aleksey Navalniyning jasadi onasi Lyudmila Ivanovnaga faqat 24 fevral kuni berildi. Bundan oldin u Navalniy bilan xayrlashmasdan yashirin dafn marosimiga rozilik berishni talab qilgan Tergov qo‘mitasining ultimatumidan shikoyat qilgan. Lyudmila Navalnaya bu talabni bajarishdan bosh tortdi.

 

Navalniyning dafn marosimi 1 mart kuni Moskvada, Borisov qabristonida bo‘lib o‘tdi. Hibsga olish tahdidlariga qaramay, minglab odamlar siyosatchi bilan xayrlashish uchun kelgan. Dafn marosimidan bir necha kun o‘tgach ham odamlar siyosatchining qabri oldiga gul qo‘yish va u bilan xayrlashish uchun navbatda turibdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

custom img

Husiylar Saudiya Arabistoniga Iroq hududidan hujum qilgani aytilmoqda

Manbalarga ko‘ra, operatsiyalar Iroqdagi Eronga yaqin qurolli guruhlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

custom img

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

custom img

Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari Qirg‘izistondagi ilk xalqaro toifadagi golf klubiga tashrif buyudi

Yetakchilar bu yerda barpo etilgan zamonaviy sport va turizm infratuzilmasi bilan tanishdi.

custom img

Akademik litseylarga kirish testi natijalari e’lon qilindi

Imtihon natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar uch ish kuni ichida apellyatsiya shikoyati berishi mumkin.

custom img

Ufada O‘zbekiston fuqarosi daryoda cho‘kib ketdi

U cho‘milish taqiqlangan hududda kuchli oqimni yenga olmagan.

custom img

O‘zbekiston–Qirg‘iziston chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari soni ikki barobarga oshiriladi

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston bilan davlat chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari soni 15 tadan 30 taga yetkazilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti I darajali “Manas” ordeni bilan taqdirlandi

“Manas” ordeni Qirg‘iz Respublikasining oliy davlat mukofotlaridan biri hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"