O'zbekiston

Prezident farmoni: Samarqanddagi shaxmat olimpiadasi g‘oliblari va ishtirokchilari mukofotlandi

Musobaqalarda yuqori natijalarni qayd etgan, professional mahorati, aql-zakovati, iroda va matonatini namoyon qilgan shaxmatchilar taqdirlandi.

Prezident farmoni: Samarqanddagi shaxmat olimpiadasi g‘oliblari va ishtirokchilari mukofotlandi

O‘zbekiston Prezidenti 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va 3-Parashaxmat olimpiadasida muvaffaqiyatli qatnashgan sportchilarni mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

 

Farmonga ko‘ra, qadimiy Samarqand shahrida ilk bor o‘tkazilgan musobaqalarda yuqori natijalarni qayd etgan, professional mahorati, aql-zakovati, iroda va matonatini namoyon qilgan shaxmatchilar taqdirlanadi.

 

Mukofotlashga sportchilarning dunyoning 200 dan ziyod davlatidan kelgan kuchli shaxmatchilar va grossmeysterlar o‘rtasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgani, O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va shon-shuhratini oshirishga qo‘shgan hissasi, shuningdek, mamlakatda shaxmatni ommalashtirishdagi xizmatlari asos qilib ko‘rsatilgan.

 

“O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan

 

Madaminov Muxiddin Baxodirjon o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi

 

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan

 

Abdusattorov Nodirbek Fazliddin o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi

Voxidov Shamsiddin Pulat o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi

Yakubboyev Nodirbek Murodbek o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi

 

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan

 

Kasimjanov Rustam Mashrukovich - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi bosh murabbiysi

Shermuhammadov Samandar Nurulla o‘g‘li - Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

 

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan

 

Sindarov Komil Oydinovich - O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi o‘rinbosari

 

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

 

Sindarov Javohir Sanjarbekovich - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi

 

“Do‘stlik” ordeni bilan

 

Mo‘minova Nafisa Alisherovna - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi bosh murabbiysi

Sattarov Bobir Muxamadi o‘g‘li - O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi bosh kotibi

Talipov Rashid Azatovich - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining sport yo‘nalishi bo‘yicha mas’ul xodimi

 

“Mardlik” ordeni bilan

 

Vaxidov Jaxongir Tairovich - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi

Zaynidinov Sirojiddin Savranbekovich - Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Kakishova  Selbi Saparbay qizi - Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Kimsanboyev Axadxon Azizxon o‘g‘li - Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Mamarajabov Sardorbek Zohidjon o‘g‘li - Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Shayusupov Marsel Vyacheslavovich - Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

 

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

 

Abdisalimov Abdimalik Boxodir o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi

Azizov Komiljon Ikromovich - O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining axborot texnologiyalari va shaxmat metodikasi bo‘yicha mutaxassisi

Begmuratov Humoyun Xusniddinovich - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi

Mardonov Javlon O‘tkir o‘g‘li - O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining axborot texnologiyalari va shaxmat metodikasi bo‘yicha mutaxassisi

Nig‘matov Ortiq Ravshan o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi

Suyarov Muxammadzoxid Shaxriyor o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi

 

“Sog‘lom turmush” medali bilan

 

Djumayev Baxtiyor Melikulovich - O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining musobaqalarni tashkil etish bo‘yicha mutaxassisi, sharhlovchi

Imomqo‘ziyeva Nilufarxon Nodirbek qizi - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi

Karimova Guldona Abubakir qizi - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi

Omonova Umida Shuhrat qizi - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi

Toxirjonova Gulruxbegim Alisher qizi - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi

Xamdamova Afro‘za Akbarovna - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"