O'zbekiston

Farg‘onadagi “Yoshlar ko‘li” saqlab qolindi

U hokim buyrug‘i bilan firmaga berib yuborilgani aytilgandi.

Farg‘onadagi “Yoshlar ko‘li” saqlab qolindi

 

Farg‘ona shahri markazidagi 2 gektarlik ko‘l hokim Xayrullo Bozorovning qarori bilan 24 kunlik firmaga berib yuborilgani keng jamoatchilik muhokamalariga sabab bo‘ldi.

 

Rasmiy xabarga ko‘ra, Farg‘ona viloyati hokimining 2024 yil 29 yanvardagi tegishli qaroriga asosan Farg‘ona shahar “Oybek” MFY hududida joylashgan sobiq “Yoshlar ko‘li” bino-inshootlari “Unays building” MCHJga investitsiyaviy va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun foydalanish huquqi bilan berilgan, yaʼni sotilmagan.

 

Mazkur masalaga aniqlik kiritish bo‘yicha o‘rganishlarda ushbu obyekt Sport vazirligi tomonidan samarali foydalanish uchun Farg‘ona shahar hokimligi balansiga viloyat hokimining 2022 yil 30 dekabrdagi qaroriga asosan o‘tkazib berilganligi, biroq hokimlik tomonidan obyektga nisbatan kadastr hujjatlari rasmiylashtirilmaganligi aniqlangan.

 

Аytilishicha, ushbu holatda, “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan tartib talablari bajarilmagan.

 

Qonun talablariga ko‘ra, davlat ko‘chmas mulk obyektlarini, idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, operativ boshqaruv huquqi asosida bir davlat muassasasi yoki davlat unitar korxonasidan boshqa davlat muassasasi yoki davlat unitar korxonasiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror Davaktiv agentligi tomonidan tegishli davlat organlari bilan kelishuvga ko‘ra qabul qilinishi belgilangan.

 

Shunga ko‘ra, amaldagi qonunchilik bilan belgilangan tartiblar buzilganligi munosabati bilan Davaktiv agentligi tomonidan Sport vazirligiga obyektni Sport maktabi balansiga qaytarib olish, hokimni “Unays building” MCHJga foydalanishga berish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilish bo‘yicha joriy yil 6 mart kuni tegishli ko‘rsatmalar yuborilgan. 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.