Lifestyle

Ilk bor odamning ikki qo‘li boshqa odamga ko‘chirib o‘tkazildi

Operatsiya 12 soat davom etgan.

Ilk bor odamning ikki qo‘li boshqa odamga ko‘chirib o‘tkazildi

 

4 yil muqaddam avariya sabab qo‘llaridan ayrilgan hindistonlik erkakda qo‘l transplantatsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

 

Mahalliy nashrlarning yozishicha, shifokorlar ushbu bemorda qo‘l ko‘chirish operatsiyasini sinov tariqasida o‘tkazib ko‘rmoqchi bo‘lishgan. O‘limidan so‘ng donorlikka rozilik bergan bir ayolning qo‘llari unga ko‘chirilgan.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, 2020 yilning oktyabr oyida 45 yoshli Raj Kumar velosipedda Nangloy shahridagi temiryo‘l relslarini kesib o‘tayotganda boshqaruvni yo‘qotib qo‘yadi va ikkala qo‘lini poyezd bosib ketadi. Kumar protezdan foydalangan, ammo uning protez sinovi muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

 

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, Raj Kumar operatsiyadan keyin olti hafta ichida tuzalib ketdi va uning hozirgi ahvoli ancha qoniqarli.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"