Oyda temiryo‘l qurilishi rejalashtirilmoqda
Bu loyiha yaqin 10 yillikda amalga oshiriladi.

Oyda turli xil oy bazalarini bog‘laydigan temir yo‘l qurish rejalashtirilmoqda. The Independent nashrining yozishicha, temiryo‘l tarmog‘i AQSH davlat idorasi rivojlanish konsepsiyasini maʼqullaganidan so‘ng keyingi o‘n yil ichida amalga oshirilishi mumkin.
Nashrning yozishicha, Xitoyda ham, AQSHda ham o‘n yillik oxirigacha Oy bazalarini yaratish dasturlari mavjud.
Taxminlarga ko‘ra, Oy temir yo‘llari tarmog‘i odamlarni, Oyda yaratiladigan tijorat korxonalari uchun turli xil materiallar va resurslarni tashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
"Bu Qo‘shma Shtatlar va xalqaro hamkorlar uchun kosmik iqtisodiyotni rivojlantiradi", dedi Northrop Grumman bayonotida.







