Jahon

Ukraina donni Boltiqbo‘yi orqali eksport qilmoqchi: 2 mlrd dollargacha mablag‘ kerak

Ushbu yo‘nalishdan foydalanish bir tonna Ukraina g‘allasini tashish xarajatini qariyb 100 dollarga oshiradi.

Ukraina donni Boltiqbo‘yi orqali eksport qilmoqchi: 2 mlrd dollargacha mablag‘ kerak

Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Boltiqbo‘yi mamlakatlari portlari orqali eksport qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Biroq bu yo‘nalishdagi asosiy muammo logistika xarajatlarining yuqoriligi bo‘lib qolmoqda.

 

Bu masala 23-sentyabr kuni Ukraina agrar siyosat va oziq-ovqat vaziri Taras Visotskiy hamda Estoniya mintaqalar va qishloq xo‘jaligi ishlari vaziri Hendrik Yoxannes Terras o‘rtasidagi uchrashuvda muhokama qilingan.

 

Visotskiyning ta’kidlashicha, Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportining 70 foizga yaqini tashqi bozorlarga yo‘naltiriladi. Urushdan oldin eksportning 90 foizdan ortig‘i Qora dengiz portlari orqali amalga oshirilgan.

 

Ukraina tomoni Rossiya hujumlari sabab fuqarolik kemalari va port infratuzilmasi uchun xavflar ortganini bildirgan. Shu sababli mamlakat muqobil eksport yo‘nalishlarini rivojlantirmoqda.

 

Hozirda muqobil yo‘nalishlar Ukraina uchun zarur bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportining qariyb 44 foizini ta’minlamoqda. Ukraina bu ko‘rsatkichni, xususan, Boltiqbo‘yi portlaridan foydalanish hisobiga 50 foizgacha oshirishni rejalashtirmoqda.

 

Biroq Boltiqbo‘yi yo‘nalishining asosiy kamchiligi — yuqori logistika xarajatlari. Ushbu yo‘nalishdan foydalanish bir tonna Ukraina g‘allasini tashish xarajatini qariyb 100 dollarga oshiradi. Shu sababli ukrainalik fermerlar Gdansk, Klaypeda yoki Gamburg portlari orqali tranzit xarajatlarini mustaqil ravishda qoplash imkoniga ega emas.

 

Ukraina hisob-kitoblariga ko‘ra, Boltiqbo‘yi portlari orqali yiliga 20 million tonnagacha don eksport qilish mumkin. Qo‘shimcha logistika xarajatlarini qoplash uchun esa 1,5–2 milliard dollar miqdorida mablag‘ zarur.

 

Ukraina bu xarajatlarning bir qismini qoplash uchun Yevropa Ittifoqi va boshqa xalqaro hamkorlardan moliyaviy yordam so‘rab murojaat qilgan.

 

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

2026-yil boshidan buyon mamlakatda 5 412 ta kasallanish holati qayd etilgan.

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakat o‘z hududlarini Rossiya tarkibiga qo‘shilgan deb tan olmasligini ta’kidladi.