Germaniya Ukrainaga 100 ming snaryad yetkazib beradi
Berlinda Ukrainaga o‘q-dorilarni uch bosqichda yetkazib berishga qaror qabul qilindi.

Bu haqda Germaniya Mudofaa vazirligi qoshidagi Ukraina bo‘yicha vaziyat markazi rahbari, general-mayor Kristian Freyding maʼlum qildi.
Birinchi bosqichda – yaqin kunlarda – Germaniya Kiyevga 10 ming dona snaryad topshiradi va kelajakda Chexiyaning Ukraina Qurolli kuchlari uchun snaryadlar sotib olish tashabbusida ishtirok etadi.
"Va uzoq muddatli istiqbolda – 2024 yilning to‘rtinchi choragida, Germaniya Ukrainaga yana 100 ming snaryad yetkazib berish bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvga erishdi", — deya taʼkidladi Freyding.







