Jahon

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp BMT Bosh Assambleyasidagi nutqida Eron bilan urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilmasa, mamlakatga qarshi harbiy amaliyotlarni davom ettirishi va Eronni yo‘q qilishi mumkinligini aytdi.

 

Trampning ta’kidlashicha, AQShning Eronga qarshi harakatlari Tehronning yadro quroliga ega bo‘lishining oldini olishga qaratilgan. U boshqa davlatlarni ham Eronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va uni muzokaraga majbur qilishga chaqirdi.

 

«Men muhim qaror qabul qilishim kerak. Eron bilan kelishuvga erishiladimi va bu kelishuv ularga qayta tiklanib, avvalgidan ham kuchliroq davlatga aylanish imkonini beradimi? Yoki men Islom Respublikasini tezda yo‘q qilamanmi?» — dedi Tramp.

 

AQSh prezidenti Eron bilan tinchlik kelishuviga erishish mumkinligini aytar ekan, bunday bitim noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Kongress saylovlaridan keyin tuzilishini kutayotganini bildirdi.

 

Tramp, shuningdek, AQShning G‘arbiy yarimshardagi harbiy ustunligini himoya qildi. U Venesuelaga nisbatan olib borilayotgan siyosatni AQSh o‘z hududiga yaqin joylarda xorijiy tahdidlarga yo‘l qo‘ymasligining isboti sifatida ko‘rsatdi.

 

BMTdagi nutqida Tramp Meksika va Kubaga nisbatan AQSh siyosatiga ham to‘xtaldi. U Meksikani kartel zo‘ravonligining markazi deb atab, mamlakat hukumatini o‘z hududi ustidan nazoratni qayta tiklashga chaqirdi. Kuba masalasida esa Vashington mamlakatdagi vaziyatni tubdan o‘zgartirishga intilayotganini aytdi.

 

Tramp BMTni ham tanqid qilib, tashkilotdagi byurokratiyani qisqartirish bo‘yicha AQSh amalga oshirayotgan ishlarni tilga oldi. Shuningdek, u Xalqaro jinoiy sud AQSh harbiy xizmatchilariga nisbatan yurisdiksiyaga ega emasligini ta’kidladi.

 

Trampning BMTdagi chiqishi AQSh kuchlari Erondagi ikki zarbada harbiy jinoyatlar sodir etgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi BMT faktlarni aniqlash missiyasi bayonotidan bir necha kun o‘tib amalga oshirildi. 

 

Missiya zarbalardan biri Eron janubidagi Minab shahridagi qizlar maktabiga tekkanini bildirgan.

 

Nutqidan so‘ng Tramp 11 dan ortiq davlat rahbarlari va yuqori martabali vakillar bilan uchrashishi rejalashtirilgan. Ular orasida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy, Venesuelaning muvaqqat rahbari Del­si Rodriges hamda Fors ko‘rfazi davlatlari — BAA, Saudiya Arabistoni, Ummon, Bahrayn, Kuvayt va Qatar vakillari bor.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.