O'zbekiston

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasini rivojlantirish istiqbollari va yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi loyihalarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi.

 

Taqdimotda, xususan, Qoraqalpog‘istonda qayta tiklanuvchi energiya salohiyatidan foydalanib, raqamli iqtisodiyot uchun yangi infratuzilma yaratish masalasi muhokama qilindi. Hududdagi istiqbolli shamol elektr stansiyalarini 1 gigavatt quvvatli data-markazlar bilan bog‘lash, buning uchun yangi 220 kilovoltli podstansiya va elektr uzatish tarmoqlarini qurish taklif etildi.

 

Yangi infratuzilma data-markazlarni energotizimga integratsiya qilish, yuqori texnologiyali investitsiyalarni jalb etish va hududning energetik salohiyatidan samarali foydalanish imkonini berishi qayd etildi.

 

Taqdimotda energetika sohasidagi investitsiya loyihalarini shakllantirish va amalga oshirish tizimini tubdan o‘zgartirish bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi.

 

Qayd etilishicha, amaldagi tartibda ko‘plab loyihalar investor tashabbusi bilan boshlanadi. Yer maydoni, tarmoqqa ulanish, texnik shartlar, tarif va investitsiya bitimlari esa turli idoralar bilan alohida kelishiladi. Bu jarayonlarning cho‘zilishiga, idoralar vazifalarining takrorlanishiga va ayrim loyihalarning tizim ehtiyojlari bilan yetarlicha bog‘lanmasligiga olib kelmoqda.

 

Shu sababli energetika loyihalarini avvalo iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqib shakllantirishga asoslangan yangi boshqaruv modeli taklif qilindi. Unga ko‘ra, dastlab talab aniqlanadi, keyin zarur generatsiya va infratuzilma quvvatlari rejalashtiriladi. Yer maydoni, tarmoqqa ulanish nuqtasi va texnik yechimlari oldindan tayyorlangan loyihalar bo‘yicha investor ochiq va raqobatli tanlov asosida aniqlanadi.

 

Shuningdek, energetika sohasidagi vakolatli idoralarning vazifa va javobgarligini aniq belgilash taklif etildi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi talab prognozini shakllantiradi, Energetika vazirligi strategik rejalashtirish va texnik siyosat uchun javob beradi. 

 

Energetika bozori regulyatori bozor munosabatlari va tariflarni tartibga soladi, investitsiya uchun mas’ul idoralar investorlarni ochiq tanlov asosida jalb qiladi. Mahalliy hokimliklar esa yer va zarur infratuzilma masalalarini hal etadi.

 

Hududlar va tarmoqlar kesimida energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyoj prognozini shakllantirish hamda shu asosda har yili yangilanadigan uch yillik investitsiya rejalarini qabul qilish taklif etildi. Bu generatsiya quvvatlari, elektr tarmoqlari va zarur infratuzilmani o‘zaro muvofiqlashtirib rejalashtirish imkonini beradi.

 

Uzoq muddatli istiqbolda 2050-yilgacha yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda. Unda milliy resurs salohiyati, demografik va iqtisodiy o‘sish, energiya samaradorligi, qayta tiklanuvchi va atom energetikasini rivojlantirish hamda energetika xavfsizligi masalalari kompleks hisobga olinadi. Konsepsiyani har besh yilda qayta ko‘rib chiqish taklif etildi.

 

Prezident energetikadagi har bir yangi loyiha iqtisodiyot va aholining uzoq muddatli ehtiyojlariga xizmat qilishi, ishlab chiqarish, tarmoq yuklamasi va iste’mol o‘rtasida doimiy muvozanat ta’minlanishi zarurligini ta’kidladi.

 

Mutasaddilarga yirik loyihalarni belgilangan muddatlarda ishga tushirish, kechikayotgan loyihalar bo‘yicha investorlar bilan aniq choralar ko‘rish, generatsiya quvvatlari va elektr tarmoqlarini mutanosib rivojlantirish, energiya saqlash tizimlarini kengaytirish hamda yangi rejalashtirish va boshqaruv modelini joriy etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.