Jahon

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkish Airlines (THY), AJet va Pegasus aviakompaniyalarining Eronga amalga oshiriladigan ayrim reyslari 21-sentyabrdan boshlab sotuvdan olib tashlangan yoki bekor qilingan. Bu haqda Middle East Eye nashri aviakompaniyalarning bron qilish tizimlarini tahlil qilgan holda xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, AQSHning Eron aviatsiya sektoriga qarshi yangi sanksiyalari ortidan bunday choralar ko‘rilgan. Sanksiyalar AQSHda ishlab chiqarilgan ehtiyot qismlar mavjud bo‘lgan samolyotlarning Eronga parvozlari uchun ham xavf tug‘dirishi mumkin.

 

THY tomonidan bu borada hozircha rasmiy bayonot berilmagan. Middle East Eye ma’lumotiga ko‘ra, THY va AJet tizimlarida uzoq muddatli Eron reyslari mavjud emas, Pegasus esa Eron yo‘nalishlarini bron qilish tizimidan olib tashlagan.

 

THY saytida 2026-yil sentyabridan 2027-yil fevraligacha Tehrondan Turkiyaning ayrim shaharlari tomon mos reyslar ko‘rsatilmayapti. Biroq bron tizimlari tez-tez yangilanib turishi sababli reyslarning bekor qilinishi qancha muddat davom etishi aviakompaniyalarning rasmiy bayonotlaridan keyin aniq bo‘lishi mumkin.

 

AQSH Moliya vazirligi 8-sentyabr kuni Eron aviatsiya sektoriga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qilgan. Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi Eron aviatsiya sektorini qo‘llab-quvvatlagani sabab 36 nafar shaxs va tashkilotni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan. Ular orasida Eronda faoliyat yurituvchi 27 ta aviakompaniya ham bor.

 

AQSH tomoni Eron aviatsiya tarmog‘idan qurol, xodimlar va sanksiyalar doirasidagi texnologiyalarni tashishda foydalanilayotganini ta’kidlagan. Shuningdek, Vashington Eronning uchinchi davlatlar orqali AQSHda ishlab chiqarilgan samolyotlar, ehtiyot qismlar va texnologiyalarga kirishini cheklashni maqsad qilgan.

 

Middle East Eye suhbatlashgan manbaga ko‘ra, bu cheklovlar faqat Boeing kabi AQSHda ishlab chiqarilgan samolyotlarga taalluqli emas. Airbus samolyotlarida ham AQSHda ishlab chiqarilgan ehtiyot qismlar va tizimlar mavjudligi sababli ular bilan Eronga parvoz qiluvchi aviakompaniyalar uchun sanksiya va eksport nazorati xavfi yuzaga kelishi mumkin.

 

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.