Jahon

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiyaga qarshi amaldagi sanksiyalarni uch yilga uzaytirishga kelishdi. Shu bilan birga, rossiyalik milliarderlar Alisher Usmonov va Mixail Fridman sanksiyalar ro‘yxatidan chiqariladi.

 

Bu qarorga Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng kelingan. Yevropa Ittifoqida sanksiyalarni joriy etish yoki uzaytirish uchun barcha a’zo davlatlarning roziligi talab qilinadi.

 

Avval Rossiyaga qarshi sanksiyalar har olti oyda qayta ko‘rib chiqilar edi. Yangi kelishuvga ko‘ra, ro‘yxatdagi qolgan qariyb 3 ming nafar jismoniy va yuridik shaxsga nisbatan cheklovlar uch yilga uzaytiriladi.

 

Qaror «yozma tartib» deb ataladigan jarayon yakunlangach, rasman qabul qilinadi.

 

Sentyabr boshida Fransiya Usmonovni Yevropa Ittifoqi sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarishni taklif qilgan. Parij bunga milliy xavfsizlik bilan bog‘liq xavotirlarni sabab sifatida ko‘rsatgan.

 

Keyinchalik Lyuksemburg ham Fridmanga nisbatan xuddi shunday chorani qo‘llashni talab qilgan. Fridman Lyuksemburgga qarshi 16 milliard dollarlik da’vo kiritgan.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

2026-yil boshidan buyon mamlakatda 5 412 ta kasallanish holati qayd etilgan.

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakat o‘z hududlarini Rossiya tarkibiga qo‘shilgan deb tan olmasligini ta’kidladi.