Milliarddan trilliongacha: mansabdorlar O‘zbekistonga katta zarar yetkazmoqda

2023-yilda lavozim jinoyati uchun sudlangan mansabdor shaxslar soni qariyb 15 foizga oshgan.

Milliarddan trilliongacha: mansabdorlar O‘zbekistonga katta zarar yetkazmoqda

So‘nggi uch yilda O‘zbekistonda salkam 10 ming nafarga yaqin mansabdor jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ular orasida respublika, viloyat, tuman va shahar miqyosidagi xodimlar, shuningdek, vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yurituvchilar ham bor. Zamon.uz Bosh prokuratura tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga asoslanib, O‘zbekistonda mansabdor shaxslar sodir etgan jinoyatlar va ular yetkazgan zarar miqdorini tahlil qildi. 

 

Unga ko‘ra, mamlakatda amaldorlar tomonidan qo‘l urilayotgan jinoyatlar dinamikasi yildan-yilga o‘sib bormoqda. Davlatga yetkazilayotgan moddiy zarar miqdori ham shunga yarasha — milliard summalar trillionga yetgan. Masalan, o‘tgan yili 3412 ta jinoyat ishi doirasida 3575 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdorlar soni 2022 yilga nisbatan 14,7 foizga oshgan.

 

Eng ko‘p jinoyatlar shahar va tuman hokimliklari joylarida qayd etilgan.

 

Ko‘pincha mansabdor shaxslar tomonidan mulkni o‘g‘irlash — 2205 ta (2022 yilda — 2103 ta), mansab vakolatini suiisteʼmol qilish — 397 ta (265 ta), firibgarlik — 272 ta (243 ta), pora berish — 195 ta (169 ta), soxtalashtirish bilan bog‘liq 36 ta (51 ta) jinoyatlar sodir etilgan. Ehtiyotsizlik — 25 ta (22 ta), mansab vakolatini suiisteʼmol qilish — 30 ta (14 ta), shuningdek, boshqa huquqbuzarliklar — 415 ta (249 ta) holat.

 

Davlat xizmatchilarining xati-harakatlari natijasida 1,5 trillion so‘m (2022-yilda – 1,1 trillion) miqdorida zarar yetkazilgan.

 

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan 1,3 trillion so‘m (o‘tgan yili – 847 mlrd. so‘m) undirilishiga erishildi, bu umumiy zararning 84,7 foizini (2022 yilda – 83,6 foiz) tashkil etadi. Bunday jinoyatlar nafaqat byudjetga, balki butun jamiyatga jiddiy zarar yetkazadi.

 

Bu statistika faqat raqamlarda Bosh prokuratura tomonidan yilda 2-3 marta eʼlon qilinadi. Lekin jinoyatlarning aynan kimlar tomonidan sodir etilayotgani va ularga qanday jazo qo‘llanayotgani mavhum. Jamoatchilik ularning faqat ayrimlaridan xabardor bo‘lyapti.

 

Fosh etilayotgan bu kabi holatlar yillik hisobot tarzida emas, aniqlangan va chora ko‘rilgan vaqtida OAV orqali maʼlum qilib borilsa, ayrim mansabdorlarning ham “ko‘zi ochilib”, jinoyatlarga kamroq qo‘l urilarmidi...

 

Bahriniso Madumarova

custom img

Harbiylar halok bo‘ldi: Qozog‘istonda 25-sentyabr milliy motam kuni deb e’lon qilindi

Mang‘istov viloyatida harbiy mashg‘ulotlar vaqtida 19 nafar harbiy suvga oqib ketib, ulardan 12 nafari halok bo‘ldi.

custom img

Ukraina donni Boltiqbo‘yi orqali eksport qilmoqchi: 2 mlrd dollargacha mablag‘ kerak

Ushbu yo‘nalishdan foydalanish bir tonna Ukraina g‘allasini tashish xarajatini qariyb 100 dollarga oshiradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

28 nafar bola bir Damas’da: Jizzaxda 2 ta holat aniqlandi

2 ta Damas’da jami 56 nafar bola tashilgan.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Bektemirdagi neft bazada yong‘in chiqdi: hodisada jabrlanganlar yo‘q

Yong‘in qutqaruvchilarga soat 19:38 da ma’lum bo‘lgan va 18 daqiqa ichida bartaraf etilgan.

custom img

Germaniya qazilma yoqilg‘idan voz kechadi: jarayon 2045-yilgacha yakunlanadi

Rejaga ko‘ra, mamlakat 2045-yilgacha ko‘mir, neft va gazdan foydalanishni to‘liq to‘xtatishni maqsad qilgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"