O'zbekiston

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Mirvohid Azimov bungacha Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Shavkat Mirziyoyevning 26-maydagi qarori bilan Mirvohid Mirilyasovich Azimov O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 

 

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Mirvohid Azimov 26-may kuni vazirlik jamoasiga tanishtirilgan.

 

46 yoshli diplomat 2020-yil kuzidan buyon Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

 

Mirvohid Azimov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro huquq yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat va magistratura bosqichlarini tamomlagan. U yuridik fanlar nomzodi hisoblanadi.

 

Shuningdek, u Tashqi ishlar vazirligi tizimida 20 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lib, 4 yil davomida Pekin shahridagi Shanxay hamkorlik tashkiloti kotibiyatida ishlagan. Turli yillarda Tashqi ishlar vazirligining Shartnoma-huquqiy boshqarmasiga ham rahbarlik qilgan.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.