O'zbekiston

Navoiy aeroportida “porto-franko” erkin zonasi tashkil etiladi

2030-yilga borib, aeroportda parvozlar sonini yiliga 7 mingtaga, yo‘lovchi tashish hajmini 150 ming nafarga, yuk tashishni esa 45 ming tonnaga yetkazish ko‘zda tutilgan.

Navoiy aeroportida “porto-franko” erkin zonasi tashkil etiladi

Toshkent, Navoiy va boshqa hududlardagi aeroport infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha yirik transport loyihalari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevga transport infratuzilmasini rivojlantirish yuzasidan taqdimot chog‘ida ma’lum qilindi.

 

Xususan, Yangi Toshkent xalqaro aeroporti loyihasi hududida muhandislik tarmoqlarini ko‘chirish ishlari boshlangan. Loyiha doirasida xalqaro moliya institutlari talablari asosida ekologik va ijtimoiy ta’sirni baholash ishlari yakunlangan. 

 

Hozirda hududda kanal, kollektor va elektr tarmoqlarini ko‘chirish jarayoni davom etmoqda, loyiha hamda pudrat tashkilotlari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

 

Yangi aeroport yiliga 20 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega bo‘lishi rejalashtirilgan. Shuningdek, u 169 ta havo kemasi turargohi va har biri 4 kilometrdan iborat 2 ta uchish-qo‘nish yo‘lagi bilan jihozlanadi.

 

Hududiy aviatsiya infratuzilmasini rivojlantirish doirasida Navoiy xalqaro aeroportining tijorat mustaqilligi oshiriladi. Aeroportga mahalliy va xorijiy aviakompaniyalar bilan mustaqil shartnomalar tuzish huquqi berilgan. Shu bilan birga, uning hududida havo kemalariga texnik va tijorat xizmatlari ko‘rsatishga ixtisoslashgan “porto-franko” erkin zonasi tashkil etiladi.

 

Rejalarga ko‘ra, 2030-yilga borib Navoiy aeroportida parvozlar soni 2,3 barobar oshirilib, yiliga 7 ming reysga, yo‘lovchi tashish 150 ming nafarga, yuk tashish esa 45 ming tonnaga yetkaziladi.

 

Umuman olganda, mamlakat bo‘yicha 7 ta xalqaro aeroport rekonstruksiya qilinmoqda, shuningdek Mo‘ynoq, Qo‘qon, Zomin, Shahrisabz, Sariosiyo va So‘x tumanlarida yangi aeroportlar barpo etilib, ularning umumiy soni 18 taga yetkazilgan.

 

Aeroportlardagi yoqilg‘i ta’minoti tizimi ham modernizatsiya qilinadi. Yoqilg‘i quyish majmualarining umumiy sig‘imi 2030-yilga borib 49 ming tonnadan 80 ming tonnaga oshiriladi, mahalliy aviayoqilg‘i ishlab chiqarish esa yiliga 600 ming tonnaga yetkazilishi rejalashtirilgan.

 

Buning uchun Navoiy, Andijon, Buxoro, Urganch va Yangi Toshkent aeroportlarida yangi yoqilg‘i saqlash infratuzilmalari barpo etiladi. Yoqilg‘i saqlash va quyish jarayonlari bosqichma-bosqich xalqaro standartlarga o‘tkazilib, joriy yilda to‘liq raqamlashtiriladi hamda davlat nazorati kuchaytiriladi.

 

Taqdimotda ta’kidlanishicha, barcha transport loyihalarida iqtisodiy samaradorlik, qurilish sifati, xavfsizlik va yo‘lovchilar uchun qulaylik asosiy mezon bo‘lib qoladi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"