Dizaynerlar “o‘sib boruvchi” krossovka yaratishdi
U 6 yoshdan 14 yoshgacha bolalarga mo‘ljallangan.

Italiyalik dizayner Mishel di Karlo o‘lchamini osongina o‘zgartirish mumkin bo‘lgan 4Steps nomli krossovkalarni taqdim etdi.
Ijodkorning so‘zlariga ko‘ra, krossovkalarni 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar kiyishlari mumkin, ularning ota-onalari esa har yili farzandiga yangi poyabzal sotib olishga majbur bo‘lmaydi.
Internet foydalanuvchilari bu turdagi oyoq kiyimlar ikki mavsumdan uzoqqa yaramaydi, chunki bolalar ularni ehtiyot qilib kiyisholmaydi deb hisoblashmoqda.







