O'zbekiston

Makkada qirg'izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilmoqda

Qurilish Sadir Japarov ko'magida amalga oshirilmoqda.

Makkada qirg'izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilmoqda

Makka shahrida qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilishi boshlandi, deya xabar bermoqda “AKIpress” nashr.

 

Qayd etilishicha, qurilish ishlari prezident Sadir Japarov ko‘magida olib borilmoqda.

 

Ma'lumot uchun, qirg‘izistonliklar uchun 2024 yilda haj ziyorati narxi taxminan 3 ming 750 dollarni (47 million dollardan ziyod), kvota esa 6 ming 60 kishini tashkil qiladi. O‘tgan yili haj narxi taxminan 3,9 ming dollar bo‘lgan. 2022 yilda esa 4,5 ming dollarni tashkil etgandi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasining “Haj va umra” markazida umra xizmatlari narxi 2024-yil 10-yanvardan eʼtiboran bir kishi uchun 16 600 000 so‘m etib belgilangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"