O'zbekiston

O‘zbekistonda ish kunlari soat 23:00 dan 07:00 gacha baland shovqin chiqarish taqiqlanadi

Dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlari cheklov 22:00 dan 09:00 gacha amal qiladi.

O‘zbekistonda ish kunlari soat 23:00 dan 07:00 gacha baland shovqin chiqarish taqiqlanadi

O‘zbekistonda “Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra, fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzadigan darajada shovqin chiqarishga ayrim vaqtlarda yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Qonun bilan shovqinning yo‘l qo‘yiladigan darajasi tushunchasi ham belgilandi. Bu sanitariya qoidalari va normalarida belgilangan, odamni sezilarli darajada bezovta qilmaydigan hamda inson organizmida jiddiy o‘zgarishlarga olib kelmaydigan shovqin darajasi hisoblanadi.

 

Qonunga ko‘ra, yo‘l qo‘yiladigan darajadan yuqori bo‘lgan va fuqarolarning osoyishtaligi hamda normal dam olishiga xalaqit beradigan shovqinlarga turar joylardagi maishiy faoliyat, qurilish ishlari, qurilish texnikasi va transport vositalari, shuningdek, turli transportlarning harakati natijasida yuzaga keladigan shovqinlar kiradi.

 

Bunday shovqinlar chiqarishga:

 

  • ish kunlari 23:00 dan 07:00 gacha;
  • dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlari 22:00 dan 09:00 gacha yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Shovqinning zararli ta’siri oqibatida yetkazilgan zarar uchun sud orqali kompensatsiya undirish mumkin.

 

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.