O'zbekiston

Chorvoqda cho‘kib ketgan uchinchi fuqaroning ham jasadi topildi

Shu bilan qidiruv-qutqaruv operatsiyasi yakunlandi.

Chorvoqda cho‘kib ketgan uchinchi fuqaroning ham jasadi topildi

 

Chorvoq suv omborida 2-sentyabr kuni cho‘kib ketgan ota va uning ikki o‘g‘ilining jasadlarini qidirish bo‘yicha qutqaruv operatsiyasi yakunlandi.

 

Ma’lum qilinishicha, 10-sentyabr kuni soat 13:35 da Favqulodda vaziyatlar vazirligi g‘avvoslari uchinchi fuqaroning ham jasadini topgan.

 

Fojia Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq suv omborida sodir bo‘lgan. Oila a’zolari katerda sayr qilish vaqtida suvga tushgan. Ulardan biri qutqaruv nimchasisiz cho‘milish vaqtida cho‘ka boshlagan. Unga yordam berish maqsadida akasi va otasi ham suvga tushgan va oqibatda uchalasi ham cho‘kib ketgan.

 

Qidiruv ishlari davomida 9-sentyabr kuni kichik o‘g‘ilning jasadi topilgan edi. 10-sentyabr kuni esa uning akasi va otasining jasadi ham topildi.

 

Qidiruv operatsiyasiga FVVning tezkor tashkil etilgan shtabi, shuningdek, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining qo‘shimcha kuch va vositalari jalb etilgan. Qidiruv jarayonida zamonaviy uskunalardan ham foydalanilgan.

 

Shu tariqa Chorvoq suv omborida cho‘kib ketgan uch nafar fuqaroning jasadlarini qidirish ishlari to‘liq yakunlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"