O'zbekiston

Qashqadaryoda hokim o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi

Hozirda u ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Qashqadaryoda hokim o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi

Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani hokimining o‘rinbosari plyonka mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan xususiy korxonani “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida mahalliy dehqonlarga plyonka yetkazib beruvchi taʼminotchi korxona sifatida tayinlash evaziga 5 ming AQSH dollari talab qiladi.

 

Ammo u so‘ralgan pul mablag‘i hisobidan 15 mln so‘m olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Tergovga qadar tekshiruv davomida, hokim o‘rinbosari o‘zining qo‘shtirnoq ichidagi xolis yordami evaziga avval 10 mln so‘m olganligi ham maʼlum bo‘ldi.

 

Taʼkidlanishicha, u muqaddam Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan sudlangan bo‘lsada, o‘z xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.

 

Andijon shahrida kuzatilgan holatda, yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MCHJ rahbari mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, o‘zining mansabdor tanishlari orqali, uning nomiga masʼuliyati cheklangan jamiyat tashkil etib, “Eski shahar – Oltinko‘l” yo‘nalishida yo‘lovchi tashish bo‘yicha aholiga pullik xizmat ko‘rsatish uchun o‘tkazilishi rejalashtirilgan tenderda g‘oliblikni qo‘lga kiritib berish evaziga 7500 AQSH dollari talab qiladi.

 

DXX va IJQKD xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlandi.

 

Tergovga qadar tekshiruv davomida, Andijon viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi mansabdor shaxsning ushbu noqonuniy ishga aloqadorligi aniqlanib, u ham protsessual tartibda ushlandi.

 

Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi katta inspektori Byuroning markaziy apparati ish yurituvidagi parrandachilik korxonasi hisobidan aksiyadorlik tijorat banki foydasiga jami 11 mln 108 ming 629 AQSH dollari va 265 ming 187 yevro miqdoridagi qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi ijro ishi yuzasidan, korxonaga tegishli ko‘chmas mulklarni baholash ishlari uchun belgilangan xizmat haqini turli vajlar bilan baholash firmasi foydasiga oshirilgan narxda ko‘rsatib, bank tomonidan baholash firmasi hisobiga o‘tkazilgan ortiqcha pul mablag‘idan o‘zining ulushi sifatida 2500 AQSH dollari olgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan ushlandi.

 

Farg‘ona viloyatida kuzatilgan holatda Yozyovon tumani hokimligi qoshidagi “Xo‘jalik hisobidagi uy-joylarni ro‘yxatga olish, almashtirish va taqsimlash” bo‘limi boshlig‘i o‘zining vakolatli tanishlari orqali, mahalliy fuqaroning yashash xonadoni uchun order va kadastr hujjatlarini tayyorlab berish evaziga 2500 AQSH dollari olgan vaqtida DXX hamda IJQKD xodimlari tomonidan ushlandi.

 

Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

custom img

Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi taklif etildi — Shahnoza Mirziyoyeva

Bu haqdagi qonunchilikka o‘zgartirishlar mas’ul idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilib, ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston shaxmatchilarini Jahon shaxmat olimpiadasidagi g‘alaba bilan tabrikladi

Davlat rahbari shaxmatchilarning Hindiston, Xitoy va AQSh terma jamoalariga qarshi g‘alabalarini alohida qayd etdi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev turizm sohasi xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan turizm xodimi” faxriy unvonini ta’sis etishni taklif qildi.

custom img

5 yoshli qizaloqning oilasi boshqa shaharga ko‘chiriladi — Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari oilaga zarur yordam va ko‘mak ko‘rsatilayotganini bildirdi.

custom img

“Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi” — Saida Mirziyoyeva Namanganda 5 yoshli qizcha zo‘rlangani haqida

Bunday jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish masalasi ko‘rib chiqilayotgani bildirildi.

custom img

Surxondaryoda yer oldi-sotdisi ortidan mojaro: 32 yoshli erkakni kaltaklab o‘ldirgan besh kishi qamaldi

Ularga 4 yildan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Namangan bog‘chasidagi jinsiy zo‘ravonlik: jinoyat ishi prokuraturaga o‘tkazildi

Tergov ustidan nazorat shaxsan Bosh prokuror tomonidan o‘rnatilgan.

custom img

Bog‘chadagi jinsiy zo‘ravonlik holati: Bolalar ombudsmani vazirlikka taqdimnoma kiritdi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan bog‘chalarda bolalar xavfsizligini taʼminlash choralarini kuchaytirish talab qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"