O'zbekiston

Hozirgi epidemik barqarorlik har qachongidan ham muhim

Sanitariya-epidemiologiya sohasi tashkil etilganiga 90 yil to'ldi.

Hozirgi epidemik barqarorlik har qachongidan ham muhim

 

Bugun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan "Pandemiyaga qarshi tayyorgarlik: ilmiy asoslar va amaliy yechimlar" Xalqaro ilmiy-amaliykonferensiya o‘tkazildi. Hozirgi kunda yuqumli kasalliklarga qarshi yangi davo choralari, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan pandemiyaning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni rejalashtirish soha xodimlarining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, COVID-19 pandemiyasi butun dunyo uchun sinovli va tahlikali davrga aylandi. Koronavirus pandemiyasi davrida dunyo miqyosida sog‘liqni saqlash tizimining global pandemiya ta’siriga tayyorgarlik ko‘rish, unga javob berish bo‘yicha tibbiyotda ko‘plab kamchiliklar aniqlandi. Bu esa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan pandemiyaga qarshi kurashish jarayoni maqsadli investitsiyalarni amalga oshirish, pandemiyaga tayyorgarlikni moliyalashtirish va monitoringini doimiy ravishda olib borish, pandemiya va epidemiyalar davrida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratish, siyosiy majburiyat, jamoatchilik ishtiroki va davlat tomonidan moliyalashtirish orqali nimalarga erishish mumkinligini ko‘rsatdi. Pandemiyadan olingan saboqlar insoniyatga hozirgi va kelajakdagi muammolarni yengishga yordam beradi. Butun dunyoga xavf solgan koronavirus pandemiyasi davrida sanitariya-epidemiologiya sohasining jamiyat salomatligi uchun naqadar muhim ekanligi yaqqol namoyon bo‘ldi. Konferensiya davomida bu haqida alohida ta’kidlandi.

 

"Anjumanda Karantin qoidalari yo‘lga qo‘yilgan va kasallik ko‘paya borgan davrda Sanitariya-epidemiologiya tizimining barcha xodimlari kasallik o‘choqlarida o‘z sog‘lig‘ini xavf-xatarga qo‘yib, yurtdoshlari salomatligini asrashga beminnat hissa qo‘shdi. Davlat rahbari tomonidan o‘z vaqtida qabul qilingan qaror, hukumatning uyushqoqlik bilan olib borgan faoliyati hamda Xalqaro tashkilotlar ko‘magida keltirilgan kasallikka qarshi vaksinalar tufayli O‘zbekiston ushbu kasallikda juda past ko‘rsatkichdagi talafotlar bilan chiqdi. Kasallikka qarshi kurashish borasidagi O‘zbekiston tajribasi JSST tomonidan bir necha bor namuna sifatida ko‘rsatildi”, - dedi Sanepidqo‘mita raisi Bahodir Yusupaliyev.

 

Tadbir davomida Sanitariya-epidemiologiya sohasi rivojiga uzoq yillar davomida qo‘shgan salmoqli hissasi hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashdagi mashaqqatli xizmatlari uchun bir qator soha vakillari "O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, Sanitariya-epidemiologiya sohasi rivojidagi samarali mehnati, davlat va jamoat ishlaridagi faol ishtirok etganlarga Faxriy yorliqlar tantanali ravishda topshirildi.

 

O‘zbekiston hududida rasman 1933-yilda sanitariya inspeksiyasi tashkil etilgan bo‘lib, 1934-yilda O‘zbekiston sanitariya-gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutining ochilishi, Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risidagi Nizom ishlab chiqilgani, normativlar tasdiqlanishi sanitariya nazoratining yangi bosqichga ko‘tarilishida muhim rol o‘ynadi. Yurtimizga chetdan yuqumli kasalliklar kirib kelishi va aholi orasida tarqalishining oldini olish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash ishlari tizimli bajarilmoqda. Bolalarni yuqumli kasalliklarga qarshi bepul emlash olib borilmoqda. Ichimlik suvi sifati va ochiq suv havzalari ustidan monitoring olib borish, bozorlar, ovqatlanish shoxobchalari, jamoat joylarida sanitariya holatini yaxshilash, atrof-muhit havosining musaffoligini saqlash chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda. Soha xodimlarining tinimsiz mehnatlari sababli yurtimizda epidemik barqarorlik saqlanib qolmoqda va salomatlik bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlarning oldi olinmoqda.

custom img

O‘zbekiston chorvachiligi ekologik texnologiyalar yordamida barqaror rivojlanmoqda

FTA loyihasi asosida suvni tejash, oziqa samaradorligini oshirish, chiqindilarni resursga aylantirish va yaylovlarni tiklash imkoniyatlari yaratiladi.

custom img

“O‘zbekiston temir yo‘llari” poyezd chiptalari yetishmasligi bo‘yicha izoh berdi

Xizmat sifatini oshirish uchun qo‘shimcha poyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish ishlari davom etmoqda.

custom img

Oʻzbekistonda To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari bo‘yicha agentlik tashkil etilishi rejalashtirilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev to‘lovga qobiliyatsizlik institutini takomillashtirish hamda moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi takliflar bilan tanishdi.

custom img

“Samarqand 2028” sun’iy yo‘ldoshi may oyida uchiriladi

Qurilma Xitoyning StarVision kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.

custom img

PPX xodimiga qo‘l ko‘targan haydovchining IIBdagi akasi ishdan olindi

Uning voqeaga aralashishga urinishi xizmat vakolatlaridan noto‘g‘ri foydalanish ehtimoli sifatida baholandi.

custom img

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Muloqot davomida yosh mutaxassislarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda malaka oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

custom img

Rossiyada jazo o‘tayotgan 3 mingdan ortiq o‘zbekistonlik mahkum vatanga qaytarilishi mumkin

Buning uchun O‘zbekiston mahkumlarni o‘z fuqaroligi bo‘lgan davlatga topshirish bo'yicha xalqaro konvensiyaga qo‘shilishi lozim.

custom img

Chet el fuqarolariga O‘zbekistonda o‘qish uchun stipendiya ajratiladi

Shuningdek, 10 ta OTMga milliy tadqiqot universiteti maqomi beriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"