Lifestyle

Shveysariyalik bloger obunachilariga osmondan pul sochdi

U buning uchun dronlardan foydalangan.

Shveysariyalik bloger obunachilariga osmondan pul sochdi

11-may kuni Tsyurixdagi bog‘larning birida Oracle taxallusi ostida ijod qilivchi tiktoker obunachilarini bitta joyga yig‘ib, drondan 10 franklik kupyuralarda jami 24 ming frank pul tarqatdi.

 

U o‘z sahifasida bu haqda eʼlon joylagandan so‘ng yuzlab odamlar pul uchun Tsyurix ko‘li qirg‘og‘iga kelishgan va katta tiqilinch yuzaga kelgan. Olomon orasida 12 yoshli bola og‘ir tan jarohati olgan, yana talaba tez yordam mashinasida shifoxonaga yuborilgan. Hozirda prokuratura organlari hodisa yuzasidan tergovni boshlagan.

 

Tiktoker xayriya uchun odamlarga pul tarqatgan bo‘lsada, uning bu tadbiri rasman tasdiqlanmagani uchun javobgarlikka tortilishi mumkin. Voqea guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, blogerning o‘zi ham olomon orasida bo‘lgan, u bu yerga oltin niqobli odam qiyofasida tashrif buyurgan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"