Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi
Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BAA Prezidentiga yo‘llagan samimiy tilaklarini yetkazdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar sun’iy intellektni rivojlantirish va ushbu yo‘nalishdagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.
Saida Mirziyoyeva uchrashuv davomida ko‘rsatilgan ehtirom uchun BAA Prezidentiga minnatdorlik bildirdi.








