O'zbekiston

Samarqandda instabloger samosud qilindi

Holat bo‘yicha IIB maʼlumot berdi.

Samarqandda instabloger samosud qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda instabloger nomaʼlum shaxslar tomonidan samosud qilingani aytilgan videolar tarqalmoqda. Holatga viloyat IIB matbuot kotibi Jahongir Sagdullayev rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, videodagi holat joriy yilning 15-may kuni Samarqand shahrida sodir bo‘lgan.

 

Maʼlum bo‘lishicha, Oqdaryo tumanida yashovchi A.T. Samarqand shahrida ikki nafar shaxslar bilan tanishib, ulardan ish topib berishda yordam so‘ragan.

 

Ushbu fuqarolardan biri o‘zi ishlayotgan reklama agentligida ishchi o‘rni borligini aytganida A.T. ushbu ishga rozi bo‘lib, ulardan biridan yo‘lkiraga pul olib, uyiga ketib, ertalab aytilgan joyga ishga kelmagan.

 

Natijada ularning o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik yuzaga kelgan. Ikki nafar fuqarolar A.T. bilan uchrashib, uni haqorat qilib, buni tasvirga olishgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

custom img

4 yilda 445 ta ish: 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarni zo‘rlash holatlari bo‘yicha statistika e’lon qilindi

Parlamentda bolalarni himoya qilish va jazolarni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

22 nafar o‘quvchi zaharlandi: maktab yonidagi paxta dalasiga dori sepilgan

G‘uzorda paxta dalasiga erta yetilishni taʼminlash maqsadida dori sepilgani ortidan o‘quvchilarda ko‘ngil aynishi va bosh og‘rig‘i kuzatilgan.

custom img

14 yoshga to‘lmagan bolalarga jinsiy tajovuz uchun umrbod qamoq: Qonunchilik palatasida taklif ko‘rib chiqilmoqda

Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikni kuchaytirish, jabrlangan bolalarni tergov va sud jarayonlarida himoya qilish hamda davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish taklif etilmoqda.

custom img

“Bolaning xavfsizligi eng asosiy talab”: vazirlik barcha bog‘chalarni tekshirmoqda

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Uchqo‘rg‘ondagi voqea ortidan barcha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlari faoliyatini o‘rganmoqda.

custom img

9 ta viloyatda sel xavfi: O‘zgidromet ogohlantirdi

O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin.

custom img

5 yilgacha qamoq: ruxsatnomasiz “dom” qurishga jazo kuchaytirildi

Qurishni boshlashdan oldin tegishli hududiy inspeksiyadan ruxsatnoma olish talab etiladi.

custom img

Ustoz va murabbiylar kuni: bir guruh taʼlim fidoyilari mukofotlandi

Shavkat Mirziyoyev soha vakillarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

custom img

Banklar kredit berishda faqat uy-joy qiymatiga tayanmasligi kerak — Markaziy bank

Banklarga kredit ajratishda garovdagi uy-joy qiymatidan ko‘ra, qarz oluvchining kreditni qaytarish imkoniyatini asosiy mezon sifatida baholash tavsiya etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"