Yuqori Chirchiqda MIB orqali 2 bola onasiga olib berildi
Shu tariqa sud hujjati ijrosi amalda tamomlandi.

Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tuman bo‘limi tomonidan sud hujjati ijrosini taʼminlash maqsadida amaliy ijro harakatlari olib borildi.
Sud qaroriga asosan, 2 nafar farzandlar onasining qaramog‘iga olib berildi.
Ijro jarayonida bolaning huquq va qonuniy manfaatlari, shuningdek, uning ruhiy holati va xavfsizligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Mazkur ijro harakatlari qonunchilik talablari asosida amalga oshirilib, sud hujjatlarining o‘z vaqtida va so‘zsiz ijro etilishini taʼminlash Majburiy ijro byurosining ustuvor vazifalaridan biri ekanligi yana bir bor namoyon bo‘ldi.







