“5”, “4”, “3” : O‘quvchini baholashda nimalarga eʼtibor qaratish lozim?

O‘qituvchi bolani baholash bilan ruhlantirib, harakatchanligini oshirish jarayonida o‘ta sinchikov bo‘lishi shart.

“5”, “4”, “3” : O‘quvchini baholashda nimalarga eʼtibor qaratish lozim?

34 yildan beri boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiman. Ko‘pchilik, aynan, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ishini nisbatan oson deb o‘ylaydi. Bu “oson”ni bolalarning yoshi kichikligi, o‘qituvchiga gap qaytarmay, tez aytanini qilishi bilan asoslashadi. Ammo unday emas. Bitta sinfda o‘rtacha 25 nafar bola bo‘lsa, bu 25 xil xarakter degani ham. Ularning "tilini topib" gaplashishning o‘zi bo‘lmaydi.

 

Har bir yumushning murakkabligi, o‘ziga yarasha masʼuliyati, sharafi bo‘ladi. Faoliyatim davomida bor mehrimni Birgina — Buvayda tumanidagi 16-umumtaʼlim maktabga berdim. Ichdan charchagan va zahmat kezgan paytlarimda ham boshqa maktabda ishlash haqida o‘ylab ham ko‘rmaganman. Aslida biz tanlagan yo‘lni, ishini yengil deb bo‘lmaydi. Tajribamdan kelib chiqib, o‘quvchilarni baholash bilan bog‘liq holatda yuzaga keladigan muammolar haqida gapirmoqchiman.

 

Baʼzi hamkasblarimiz o‘quvchilarni ko‘proq erkalatib, bahosini baʼzi o‘rinlarda oshirib qo‘yadi. Bu usul o‘quvchiga rag‘bat beradi, lekin uni huda-behuda rag‘batlantiraverish teskari taʼsir ko‘rsatadi. Ko‘p hollarda o‘quvchiga o‘rinli pastroq baho qo‘yilsa, ularning ota-onalari eʼtiroz bildiradi. Bu ham noto‘g‘ri. Chunki o‘quvchi o‘quvchining darsdagi faolligiga qarab baho qo‘yadi.

 

Tan olish kerak, boshlang‘ich sinfda o‘quvchilarni bilimiga yarasha baho olishga ko‘niktirib borish ham oson kechmaydi. Baʼzi aʼlochilar bilmasdan xato qilib qo‘ysa, unga past baho qo‘ysangiz tushkunlikka tushadi. Oqibatda, o‘zlashtirishida muammolar yuzaga keladi. Shuning uchun baholashda “oltin o‘rtalik”ni topish, bola psixologiyasini bilish juda muhim.

 

O‘qituvchi bolani baholash bilan ruhlantirib, harakatchanligini oshirish jarayonida o‘ta sinchikov bo‘lishi shart. Bu o‘rinda bola o‘zlashtirishni ikkinchi darajaga qo‘yib, baho olishni birinchiga chiqarib qo‘ymasligi kerak. Bola shu kayfiyatda — o‘rinsiz aʼlo baho olishga ko‘nikib yuqori sinfga o‘tsa, taʼlimning keyingi bosqichlarida qiynaladi.

 

Mehnat faoliyatimda yana bir jihatga ko‘p eʼtibor qilaman. Masala shundaki, ko‘p ota-onalar boshlang‘ich sinfda o‘qiydigan farzandi bilan birga dars qiladi. Bu juda yaxshi. Farzandining o‘zlashtirishi bilan qiziqib, o‘qituvchi bilan ham tez-tez suhbatlashib turadi. Lekin bola beshinchi — yuqori sinfga o‘tishi bilan ota-ona birga dars qilishni to‘xtatadi. Bu yaxshi emas. Bunday tez “uzoqlashish” bolaning o‘zlashtirishiga taʼsir qilmay qo‘ymaydi.

 

Shuning uchun o‘quvchilarim 4-sinfni tamomlayotganda ota-onalar bilan alohida gaplashaman. Boshlang‘ichda qanday yaxshi o‘qigan bo‘lsa bu albatta davomli bo‘lishi lozim. Yangi o‘qituvchilar, yangi fanlar, yangi pedagogik usullar yuqori sinfga o‘tgan o‘quvchini biroz sarosimaga solib turgan bunday paytda ularni yolg‘izlatib qo‘ymaslik kerak.

 

Bu borada ota-ona va maktab o‘zaro hamkorlikda ish tutishi maqsadga muvofiqdir .

 

Safura Qodirova,

Farg‘ona viloyati, Buvayda tumanidagi 16-umumtaʼlim maktabning

boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

custom img

"Men boshqalarning o‘lishiga yo‘l qo‘ya olmasdim”: Flydubai kapitani voqea tafsilotlarini aytdi

Flydubai reysida ikkinchi uchuvchi tomonidan hujumga uchragan Smit Machchhar Hindiston Bosh vaziri bilan suhbatlashdi.

custom img

Tailanddagi suv toshqini avtomobil sanoatiga ta’sir qildi: Toyota va Honda zavodlarini yopdi

Suv toshqini ehtiyot qismlar yetkazib berish zanjirida uzilishlarga sabab bo‘lgan.

custom img

«Uning hech qachon qo‘llanilmasligiga kafolat yo‘q»: Putin yadroviy qurol haqida gapirdi

Rossiya prezidenti "Valday” xalqaro munozara klubining yalpi majlisida yadroviy qurol qo‘llanishi ehtimoli haqida gapirib, uni teatr sahnasida devorga osilgan va oxir-oqibat o‘q uzishi kerak bo‘lgan miltiqqa qiyosladi.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Xarkovga aviabombalar tashlandi: halok bo‘lganlar soni ikki kishiga yetdi

Avvalroq bir kishi halok bo‘lgani va to‘qqiz kishi jarohatlangani xabar qilingandi.

custom img

Latviyada rus tiliga taqiq qo‘yildi: jamoat teleradiokompaniyasi kontenti cheklandi

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi, rus tilidan esa faqat favqulodda vaziyatlar va dezinformatsiyani rad etish kabi ayrim holatlarda foydalanishga ruxsat beriladi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"