Og‘riq qoldiruvchi dorilar maqtoviga ishonmang: ular qaramlikka olib kelishi mumkin

Ahamiyat berganmisiz, reklamalar davomida og‘riq qoldiruvchi vositalar tarkibi haqida maʼlumot ochiqlanmaydi.

Og‘riq qoldiruvchi dorilar maqtoviga ishonmang: ular qaramlikka olib kelishi mumkin

Tahlillarga ko‘ra, mamlakatimizda 2018 yilda 10 ming 764 ta dorixona faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, bugun ularning soni 16 mingga yaqinlashdi.  Bu esa mamlakatda o‘rtacha 2 300 nafar aholiga bitta dorixona to‘g‘ri keladi, degani. Xorijiy davlatlar tajribasiga tayanilsa, bu ko‘rsatkich Daniyada 18,5 ming, AQSHda 5,3 ming, Buyuk Britaniyada 4,96 ming, Germaniyada 3,97 ming, Turkiyada 3,36 ming aholiga to‘g‘ri kelmoqda.

 

Ko‘rib turganingizdek, O‘zbekis­tonda ushbu ko‘rsatkich juda ham katta tafovutni tashkil qilib, dorixonalar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Buning sababi esa oddiy: dori-darmon sotuvi va reklamasi bilan shug‘ullanish haqiqiy “biznesga” aylanib ulgurdi.  Aholining aksariyat qismi shifokor maslahatidan ko‘ra dori reklamalariga ko‘proq eʼti­bor qaratadi.

 

Reklama sohasida eng rivoj topgan yo‘nalishlardan biri ham ayni shu soha. Xoh ichki reklama bo‘lsin, xoh tashqi banner — ahamiyatsiz. Dori reklamalarini aholi gavjum joylar, xususan, bozorlar atrofi, metropolitenning turli bekatlari va eskalatorlar, yirik savdo majmualarida juda ko‘p uchratish mumkin. Holbuki, bu yerlar dorixona va shifoxonalardan ancha uzoqda joylashgan bo‘lsa ham.

 

Misol sifatida og‘riq qoldiruvchi dori vositalarini olaylik. Bu kabi preparatlar metropoliten bekati, tashqi bannerlar, televideniye orqali reklama qilinadi. Reklama g‘oyasi puxta o‘ylangani kunday ravshan. Negaki, unda dorilarning og‘riq qoldiruvchi xususiyati aniq tasvirlangan.

 

Ammo reklamalar davomida og‘riq qoldiruvchi vositalar tarkibi nimalardan tashkil topgan, degan savol ochiq qoldiriladi.

 

Ushbu og‘riq qoldiruvchi dori vositalarining aksariyati paratsetamol, propifenazon, pofein, "gvozdichnoye maslo", "maxamausha taila", "maxanarayana taila" kabi faol moddalardan tarkib topgan.

 

Propifenazon moddasi zararlimi?

 

Mutaxassisim asli shifokor bo‘lgani uchun ham buning og‘ir oqibatlarga olib kelishini yaxshi tushunaman. Yaʼni, propifenazon kim­yo­viy moddasi nafas siqilishi va hatto anaflaktik shokka sabab bo‘lishi mumkin.

 

Ammo reklamalarning hech qayerida propifenazon moddasi bilan bog‘liq ogohlantirishga ko‘zimiz tushmaydi. Bu faqat bitta preparat xolos.

 

Apteka.uz farmatsevtika portali jamoasining 2020 yilda O‘zbekiston aholisi tomonidan internetda eng ko‘p qidirilgan dorilar ro‘yxatini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, “Sinepar” (Hindiston) og‘riq qoldiruvchi vositasi haqida maʼlumot 55 ming martadan ko‘proq qidirilgani aniqlangan.

 

Ikkinchi o‘rinni “Qupen” (Hin­dis­ton) anestetik preparati egallagan. Aslida, ikkala dori ham shifokor retsepti bo‘yicha taqdim etiladigan dorilar ro‘yxatiga kiritilgan. Kuchli uchlikni antiseptik preparat, “Loroben” (Turkiya) egallagan. Bundan tashqari, isteʼmolchilar tomonidan ovqat hazm qilish tizimini yaxshilovchi dori vositalari qidiruvi ham ko‘p.

 

Kishini o‘ylantiradigan tomoni shundaki, 2020 yilda koronavirus infeksiyasi avj olganiga qaramay, O‘zbekis­ton aholisi internet orqali virus davolovchi emas, balki vaqtinchalik og‘riq qoldiruvchi dori vositalarini qidirganligidir. Eng yuqori o‘rinni egallagan “Sinepar” va “Qupen” dori vositasi shifokor retsepti asosida berilishining o‘ziga yarasha sabablari bor, albatta. Ammo, eng muhimi, preparatlarning o‘rgatib qo‘yuvchi funksiya­sidir. Boshi yoki tishi og‘rigan bemor avval undan 1 donasini qabul qilgan bo‘lsa, vaqt o‘tishi bilan yana og‘riq sezilganda qabul qilishi tufayli doza oshib borishi mumkin. Doza oshirilmagan taqdirda esa preparat taʼsir xususiyati kamayadi. Shu kabi salbiy holatlarning oldini olish uchun ham ushbu dorilar retsept asosida berilishi belgilangan.

 

Inson hayoti va salomatligi haqida so‘z borar ekan, hech birimiz befarq bo‘la olmaymiz. Zero, bu borada “Aqlli tibbiyot” tizimini shakllantirish, tibbiyot sohasiga zamonaviy AKTlarni keng joriy etish, aholini xavfsiz dori-darmon vositalari bilan taʼminlash, ushbu yo‘nalishda deputatlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish bo‘yicha taʼsirchan qonunchilik mexanizmlarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy qilish choralarini ko‘rish vaqti, allaqachon, kelgan.

 

Retsept asosida berilishi lozim bo‘lgan dorilar nega retsept­siz sotilmoqda? Dori reklamalari bor-u lekin nega eng ko‘p foydalaniladigan dorilarning salbiy jihatlari haqida ogohlantirish­lar yo‘q? Bu kabi savollar esa doim ochiq qolaveradi.   

 

Muharram Dadaxo‘jayeva

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bergan zarbalari bir nechta hududda elektr va suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bungacha eng ko‘p qizil kartochkalar soni 36 ta bo‘lgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

Kompaniya ayrim buyurtmalarni bekor qiladi, qolganlarini esa boshqa omborlardan yetkazib beradi.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.