O'zbekiston

“Sergelidagi ko‘prik muammosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan keyin unga yechim berildi” — Prezident

Shuningdek, Toshkent shahrida 170 ming va Toshkent viloyatida 110 ming murojaatning yarmidan ko‘pi yechimini topmagan. Surxondaryo, Samarqand, Toshkent shahrida takroriy murojaatlar ko‘paygan.

“Sergelidagi ko‘prik muammosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan keyin unga yechim berildi” — Prezident

Prezident raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida fuqarolar murojaatlari bilan ishlashdagi kamchiliklar muhokama qilindi.

 

Ma'lum qilinishicha, Toshkent shahrida 170 ming va Toshkent viloyatida 110 ming murojaatning yarmidan ko‘pi yechimini topmagan. Surxondaryo, Samarqand, Toshkent shahrida takroriy murojaatlar ko‘paygan.

 

Bundan tashqari, yig'ilishda fuqaro yanvar oyida maktab o‘quvchisi Sergelidan oqib o‘tadigan Junariq kanaliga tushib ketganini aytib, murojaat qilganiga to'xtalib o'tildi. Biroq ikki oy davomida mazkur murojaatga birorta mas’ul e’tibor qaratmagasdan, yuzaki javob bergani tanqid qilindi.

 

Holat ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalganidan keyingina ko‘prikni tiklash uchun mablag‘ ajratilib, qurilish ishlari amalga oshirilgani qayd etildi.

 

Shuningdek, bunday holatlar fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimidagi jiddiy kamchilik sifatida baholanib, murojaatlarga befarq munosabat fuqarolarning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ta'kidlandi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.