O'zbekiston

Nogironlikni belgilash tizimi takomillashtiriladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Nogironlikni belgilash tizimi takomillashtiriladi

Kecha, 16 iyul kuni “Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.

 

Unga ko‘ra, 2024 yil 1 sentyabrdan Toshkent shahri va Navoiy viloyatining tuman (shahar)larida bosqichma-bosqich eksperiment tariqasida, 2025 yil 1 sentyabrgacha respublikaning qolgan hududlarida nogironlikni belgilash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

 

— fuqarolarga nogironlikni belgilash bo‘yicha YAIDXP (my.gov.uz), “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki ijtimoiy xodimlar orqali oilaviy shifokorlarga murojaat qilish imkoniyati yaratiladi;

 

— tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi (TIEK) ko‘rigi uchun fuqarolarning tibbiy hujjatlarini yo‘llash oilaviy shifokorlar tomonidan elektron tarzda amalga oshiriladi;

 

— “Inson” markazlari xodimlari tomonidan 18 yosh va undan katta shaxslarning funksionalligini baholash tartibi joriy etiladi. Bunda baholash natijalari 2025 yil 1 sentyabrgacha nogironlikni belgilash uchun asos hisoblanmaydi;

 

— shaxs sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra “Inson” markazlariga borish imkoniga ega bo‘lmaganda sog‘lig‘ining holati va funksionallikni baholash shaxsning uyida yoki davolanishda bo‘lgan statsionarda o‘tkaziladi;

 

— 2024 yil 1 oktyabrdan ixtisoslashtirilgan (psixiatriya, ftiziatriya va pulmonologiya, pediatriya) TIEKlar tomonidan nogironlikni belgilash tartibi bekor qilinib, nogironlik tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlar tomonidan belgilanadi.

 

O‘zbekiston Birinchi xonimi Iordaniyadagi “Uyqudagi yetti yosh g‘ori” tarixiy majmuasiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi Iordaniyadagi “Uyqudagi yetti yosh g‘ori” tarixiy majmuasiga tashrif buyurdi

Ushbu maskan Iordaniyada eng e’zozlanadigan tarixiy-diniy yodgorliklardan biri hisoblanib, islom ma’naviy merosida alohida o‘rin tutadi.

Ohangaronda mudhish YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Ohangaronda mudhish YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.

Iordaniya bilan iqtisodiy sheriklik: beshta sohada hamkorlik kengaytiriladi

Iordaniya bilan iqtisodiy sheriklik: beshta sohada hamkorlik kengaytiriladi

O‘zbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi ikki mamlakat biznes forumida ishtirok etdi.

O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

Davlat tashrifi doirasida jami 19 ta ikki tomonlama hujjat qabul qilindi va imzolandi.

Ziroat Mirziyoyeva Ammon shahridagi Jordan River Designs hunarmandchilik shourumiga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva Ammon shahridagi Jordan River Designs hunarmandchilik shourumiga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva bu kabi tashabbuslarning xotin-qizlar bandligi va milliy hunarmandchilikni rivojlantirishdagi ahamiyatini qayd etdi.

O‘zbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi muzokara o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi muzokara o‘tkazdi

Imtiyozli savdo bitimini imzolash, o‘zaro savdo hajmini kelgusida 500 million dollarga yetkazish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Taʼlim xarajatlari 19,6 foizga oshdi: eng ko‘p mablag‘ Toshkentda sarflangan

Taʼlim xarajatlari 19,6 foizga oshdi: eng ko‘p mablag‘ Toshkentda sarflangan

O‘zbekistonda 2026 yilning 9 oyida taʼlim xizmatlari hajmi 34,8 trillion so‘mga yetdi.

O‘quvchilar janjaliga aralashgan o‘qituvchi jazolandi: unga intizomiy jazo qo‘llandi

O‘quvchilar janjaliga aralashgan o‘qituvchi jazolandi: unga intizomiy jazo qo‘llandi

O‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan ham ma’muriy chora ko‘rish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilindi.