O‘zbekistonda dollar kursi oshdi
MB valyutalarning yangi qiymatini belgiladi.

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 20-sentyabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 4,99 so‘mga oshdi va 12 729,83 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi esa 16,07 so‘mga pasayib, 14 207,76 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli esa 0,35 so‘mga ko‘tarilib, 137,46 so‘mni tashkil etdi.







