Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi
O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida tijorat banklarida joriy etilgan antifrod va antivirus tizimlari orqali umumiy qiymati 461 milliard so‘mdan ko‘p bo‘lgan 18 millon dan ortiq firibgarlik operatsiyalarining oldi olindi, zararli dasturlar aniqlangan qurilmalar bloklandi.
Markaziy bank ma'lumotiga ko'ra, cheklangan operatsiyalar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar quyidagi banklarda qayd etilgan:

Shuningdek, tijorat banklarining mobil ilovalarida qurilmalardagi zararli dasturlarni aniqlashga mo‘ljallangan antivirus tizimlari ham ishlamoqda. Mazkur tizimlar zararli APK fayllar va dasturlarni aniqlaydi hamda bunday qurilmalardan bank ilovalaridan foydalanish bilan bog‘liq xavflarni kamaytirishga xizmat qiladi.

Mazkur tizimlar shubhali operatsiyalarni erta aniqlash va cheklash, shuningdek, bank mijozlarining mablag‘lari hamda mobil qurilmalarini zararli dasturlardan himoya qilishga qaratilgan.








