O'zbekiston

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

2026-yilda ilk bor o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovining g‘oliblari ma’lum bo‘ldi. Tanlovda respublika bo‘yicha 46 ming nafardan ortiq pedagog ishtirok etdi.

 

Tanlov yakunlariga ko‘ra, 208 ta tuman va shahardan birinchi o‘rinni egallagan 208 nafar pedagog g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ularning har biriga 616 mln so‘mdan, ya’ni bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.

 

Ma’lum qilinishicha, tanlov pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish va ta’lim sifatini yuksaltirishni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan. Tanlov Prezident tashabbusi bilan joriy etilgan.

 

“Yil o‘qituvchisi” tanlovi 2026-yildan boshlab har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. Unda nomzodlar o‘zlari dars beradigan bitta fan bo‘yicha, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari esa boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida ishtirok etadi. Ro‘yxatdan o‘tish vazirlikning maxsus platformasi orqali amalga oshiriladi.

 

Tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda nomzodlarning mutaxassislik fani, pedagogik mahorati va kasb standarti bo‘yicha nazariy bilimlari baholanadi.

 

Ikkinchi bosqichda pedagogik mahorat hakamlar hay’ati hamda pedagoglar tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholanadi. Bunda nomzod o‘tgan darsning videoyozuvi maxsus platformaga joylashtiriladi.

 

Uchinchi bosqichda esa nomzodlarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyati va kitobxonlik darajasi baholanadi.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.