O'zbekiston

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

19-sentyabr kuni kechqurun Toshkent osmonida ortidan uzun iz qoldirib harakatlangan juda yorqin obyekt kuzatildi. Hodisa shahar aholisi tomonidan foto va videolarga qayd etildi.

 

Fanlar akademiyasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi Astronomiya instituti mutaxassislari tarqalgan foto va videomateriallarni dastlabki tahlildan o‘tkazdi. Institut katta ilmiy xodimi Kamoliddin Ergashevga ko‘ra, obyektning tashqi ko‘rinishi, harakat xususiyati va hosil qilgan izi meteor yoki bolidga xos emas.

 

Mutaxassislarning dastlabki baholashicha, kuzatilgan hodisa raketa yoki uning yuqori bosqichi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

 

Qayd etilishicha, hodisa 19-sentyabr kuni Xitoyning Taiyuan kosmodromidan uchirilgan Long March-2D (Chang Zheng-2D) tashuvchi raketasi parvozi bilan mos kelmoqda. Mazkur raketa PIESAT-2 turkumidagi to‘rtta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga olib chiqqan.

 

Dastlabki orbital hisob-kitoblarga ko‘ra, raketaning uchirilish vaqti, orbitasi, shuningdek, Toshkent osmonida obyekt kuzatilgan vaqt va yo‘nalish o‘rtasida moslik mavjud.

 

Shu bois hozircha eng ehtimoli yuqori taxmin — Toshkent osmonida kuzatilgan hodisa ushbu kosmik uchirishning raketa bosqichi yoki undan keyingi orbital jarayonlardan biri bilan bog‘liq.

 

Biroq mutaxassislar obyektni aynan Long March-2D raketasining muayyan qismi deb qat’iy identifikatsiya qilishga hali erta ekanini ta’kidlamoqda. Yangi uchirilgan obyektlar bo‘yicha xalqaro orbital kataloglarda zarur elementlar va hodisaga oid mustaqil identifikatsiya hozircha mavjud emas.

 

Astronomiya institutining dastlabki xulosasiga ko‘ra, Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin hodisa meteor yoki bolidga xos emas.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.