O'zbekiston

Toshkentda havo keskin ifloslandi: mutaxassislar asosiy sabablarni ma’lum qildi

19-sentyabr soat 21:00 dan 20-sentyabr soat 04:00 gacha Toshkentda havo sifati vaqtincha yomonlashib, AQI 101–150 — sezgir guruhlar uchun zararli darajaga yetishi mumkin.

Toshkentda havo keskin ifloslandi: mutaxassislar asosiy sabablarni ma’lum qildi

18-sentyabr kuni kechqurun Toshkentda atmosfera havosidagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdori keskin oshdi. Mutaxassislar buni quruq ob-havo, changning ko‘tarilishi, harorat inversiyasi va havo almashinuvining sustligi bilan izohlamoqda.

 

Maxsus komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, avtomatik monitoring stansiyalarida zarrachalar konsentratsiyasi soat 18:00 dan keyin ko‘tarila boshlagan. Eng yuqori ko‘rsatkichlar 21:00–23:00 oralig‘ida qayd etilgan.

 

Xususan, 22:00 da Toshkent bo‘yicha PM2.5 konsentratsiyasi o‘rtacha 74,5 mkg/m³, PM10 esa 243,6 mkg/m³ ni tashkil qilgan. Ayrim hududlarda PM10 miqdori 555,3 mkg/m³ gacha yetgan.

 

19-sentyabrga o‘tar kechasi Ekologik monitoring milliy markazi va O‘zgidromet mutaxassislari Mirzo Ulug‘bek tumanining uchta hududida ko‘chma uskunalar yordamida o‘lchovlar o‘tkazgan. Feruza mavzesi, Kasaba va Parkent ko‘chalarida PM2.5 miqdori 55–65 mkg/m³, PM10 esa 63–77 mkg/m³ oralig‘ida qayd etilgan.

 

O‘lchovlarda azot dioksidi, uglerod monoksidi, ammiak, ftor vodorodi, fenol va formaldegid kabi gazsimon ifloslantiruvchi moddalar ham tekshirilgan. Ularning maksimal bir martalik konsentratsiyalari belgilangan me’yorlardan oshmagan.

 

Mutaxassislar tahliliga ko‘ra, uzoq davom etgan quruq ob-havo tuproq va yo‘l yuzalaridagi changning havoga ko‘tarilishiga sharoit yaratgan. Kechasi kuzatilgan harorat inversiyasi va havo almashinuvining sustligi esa chang zarrachalarining yerga yaqin havo qatlamida to‘planishiga olib kelgan.

 

Shuningdek, CAMS modeli O‘zbekistonning g‘arbiy va shimoli-g‘arbiy hududlarida PM10 miqdori yuqori bo‘lgan chang massalari kuzatilganini ko‘rsatgan. HYSPLIT modeli hisob-kitoblariga ko‘ra, Toshkentga turli balandliklarda shimol, shimoli-sharq, g‘arb va shimoli-g‘arb yo‘nalishlaridan havo oqimlari kirib kelgan.

 

23:00 dan keyin PM2.5 va PM10 miqdori pasaya boshlagan. 19-sentyabr soat 04:00 ga kelib, shahar bo‘yicha PM2.5 22,4 mkg/m³, PM10 esa 61,9 mkg/m³ gacha kamaygan.

 

Mutaxassislar 18-sentyabr kechasi va 19-sentabr tongida kuzatilgan holatni qisqa muddatli chang epizodi sifatida baholagan.

 

Prognozlarga ko‘ra, 19-sentyabr soat 21:00 dan 20-sentyabr soat 04:00 gacha Toshkentda havo sifati vaqtincha yomonlashib, AQI 101–150 — sezgir guruhlar uchun zararli darajaga yetishi mumkin. Tongda havo sifati “o‘rtacha” darajaga qaytishi kutilmoqda.

 

Hozirda Toshkent atmosferasidagi havo sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.